loyihalar.jpg

Loyihalar uchun internetdan qanday foydalanish mumkin?

Internet maktab mashgʻulotlarini oʻrganishda yordam berishi mumkin

Men maktab/universitet loyihasi boʻyicha izlanishlar olib bormoqdaman. Buning uchun internetdan qanday foydalanishim kerak?

● Internetda amaliy ishlar va izlanishlar uchun juda katta ma’lumot mavjud. Siz qidiruv saytlaridan (Google.com, Yandex.ru) birini yoki Vikipediyani ishlatishni boshlashingiz mumkin: qidiruv satriga qidirayotgan kalit soʻzlarni kiriting.

● Agar maktab yoki universitet uchun ma’lumot qidirsangiz, har doim ma’lumotni kim yozganligini tekshirishingiz kerak (ya’ni kim yoki “manba (muallif)” yoki “havola (ssilka)” qayerdan kelib chiqqan).

● Maktab/universitet loyihalari uchun ishonchli manbalar/havolalar universitetlar, ilmiy jurnallar, yirik tashkilotlarning veb-saytlari, rasmiy ma’ruzalar va boshqalar siz uchun toʻgʻri tanlov boʻladi.

● Ma’lumot olish uchun foydalangan veb-saytlaringiz roʻyxatini saqlang.

● Ushbu roʻyxatni loyihangiz bibliografiyasiga (adabiyotlar roʻyxati) kiritishingiz kerak boʻlishi mumkin.

● Eng yaxshi amaliyot sifatida maktab/universitet loyihasi bibliografiyasiga asl manbaning sarlavhasini va u haqida tafsilotlarni kiritishingiz kerak.

● Ma’lumot eskirmaganligini tekshiring, ya’ni shu mavzuda yangilangan ma’lumotlar boʻlishi ham mumkin. Statistik ma’lumotlar va koʻrsatkichlar tez-tez oʻzgarib turishini unutmang.

● Internetda oʻqiganlaringizning barchasi ham haqiqat emasligini esingizdan chiqarmang: ishonchli manbani diqqat bilan tanlang.

Oldingi Keyingi