google.jpg

Okay Google? Sun’iy intellektdan foydalanuvchi sohalar

Sun’iy intellektning asta sekinlik bilan barchamizning kundalik hayotimizga kirib kelayotgani hech kimga sir emas. Masalan, moliyaviy xizmatlar jarayonida firibgarlikni aniqlash, chakana savdoda mahsulotlarga ehtiyojni bashorat qilish, mijozlar bilan onlayn muloqat qilish yoki masofaviy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini amalga oshirishda undan keng foydalaniladi.

Quyida sun’iy intellektdan foydalanuvchi bir qancha sohalar keltirilgan:

  • Firibgarlikni aniqlash. Moliyaviy xizmatlar sanoati sun’iy intellektni ikki usulda qo‘llaydi. Kredit olish uchun beriladigan arizalarning dastlabki tahlilida sun’iy intellekt kreditga layoqatlilikni tushunishda yordam beradi. Yanada rivojlangan sun’iy intellekt yechimlari esa plastik kartalarining pul o‘tkazish jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish va firibgarlikni aniqlash uchun qo‘llaniladi.
  • Sog‘liqni saqlash sohasida. Mammografiya tahlillari asosida ko‘krak bezi saraton kasalligini erta aniqlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniladi.
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida. Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yerni masofadan zondlash asosida sug‘orish samaradorligi va tejamkorligi ortadi. Undan tashqari sun’iy intellektdan tuproq va ekinlarning holatini kuzatish hamda o‘simliklarning stress holatiga tushib qolishini oldini olish maqsadida foydalaniladi.
  • Transport sohasida. Yo‘l harakat xavfsizligini nazorat qilish, tirbandlikni oldini olish hamda avtoulovlarni optimal marshrutlar bo‘ylab yo‘naltirishda ishlatiladi.

Insoniyat yangi davrga kirdi. Bizning hayotimiz boshliqlarga kamroq bog‘liq bo‘lib bormoqda. Inson o‘z bilim va ko‘nikmalarini sun’iy intellektga o‘tkazadi. Natijada boshqa odamlar bu bilim va ko‘nikmalardan foydalanadilar.

Biz kelajagimizni o‘zimiz shakllantiramiz va bu evolyutsiya jarayoni o‘zgarishiga olib keladi.

Oldingi