Pul yutuqlari toʻgʻrisida xabarlarni olasizmi?
Pul mablagʻlaringizni firibgarlik yoʻli bilan sizdan oʻgʻirlab olish yoʻllarildan ogoh boʻling!
Menga kimdandir pul yoki sovrin yutganim haqida xabar keldi. Bu holda men nima qilishim kerak?
● Agar siz internetdan foydalanayotgan boʻlsangiz, katta pul, taʻtil chiptasi yoki boshqa qandaydir sovrin yutganingiz haqida elektron pochta orqali xatlar yoki matnli xabarlarni qabul qilishingiz ehtimoli katta.
● Ba’zan shunday ham boʻladiki, bu xabarlarda, goʻyoki, kimdir pulini saqlab qolish uchun sizning yordamingizga muhtoj ekanligini aytadi.
● Odatda, ushbu xabarlar sizdan oʻzingiz haqingizdagi batafsil maʻlumotlarni, masalan, bankdagi hisob raqamingiz yoki shaxsiy guvohnomangizning raqami kabi maʻlumotlarni taqdim etishingizni soʻraydi.
● Bunday xabarlar qalbaki boʻlib, pulingizni oʻgʻirlash yoʻllaridan boshqa narsa emas.
● Hech qanday tanlov yoki musobaqada qatnashmasdan turib, yutuq yutishingiz ehtimoldan yiroq.
● Elektron pochta orqali siz tanimaydigan odamlardan kelgan havolani (ssilka, link)ni aslo bosmang.
● Parollaringizni yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizni (guvohnomangiz raqami, manzilingiz yoki bank ma’lumotlari kabi) shaxsan oʻzingiz tanimaydigan kimsalarga bermang!