Sizni xafa qiladigan yoki tushkunlikka soladigan fotosuratlar/matnlar
Agar ijtimoiy tarmoqdagi sahifamda meni xafa qiladigan yoki tushkunlikka soladigan xabar yoki fotosuratni koʻrsam, nima qilishim kerak?
● Agar siz e’lon (post) yoki fotosuratni joylashtirgan shaxsni tanisangiz, unga xabar yuborishingiz yoki u bilan shaxsan uchrashib, post yoki fotosuratning nima uchun haqoratli yoki xafa qiladigan shaklda ekanligini soʻrashingiz mumkin.
● Siz aynan qaysidir shaxsni “unfollow” (“kuzatishni tugatish”), “unfriend” (“doʻstlikni tugatish”) yoki “block” (“bloklab qoʻyish”) tanlovlari orqali bloklab qoʻyishingiz mumkin. Shunda ular e’lon qilgan yangilik (post)larni ijtimoiy tarmogʻingizda boshqa koʻrmaysiz. Aksariyat ijtimoiy media platformalarida ushbu imkoniyat mavjud.
● Koʻpgina ijtimoiy media platformalarida jamoat normalariga zid va haqorat shaklidagi yoki tinchlikni buzishga moyil boʻlgan ma’lum bir xabar yoki fotosurat haqida shu ijtimoiy tarmoq yaratuvchilariga xabar berishingiz mumkin.
.