connectsmart.jpg

“Connect Smart” nima?

Nima haqida: Biz ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanish boʻyicha eng keng tarqalgan savollarga javob beramiz.

Soʻrashdan uyaladigan ijtimoiy tarmoqlar yoki internet haqidagi savollaringiz bormi? Xavotir olmang - biz sizga yordam berish uchun keldik. Connect Smart sizning savollaringizga javob beradi, ma’lumot beradi va internetdan foydalanish muammolarining yechimi haqida hamda ularning oldini olishga yordam beradigan foydali maslahatlar beradi. Biz begonalardan internet orqali “doʻst boʻlaylik” taklifi, pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan sizdan oʻgʻirlash usullari va shaxsiy ma’lumotlaringizni onlayn tarzda himoya qilish kabi masalalarni koʻrib chiqamiz. Shuningdek, maktabda oʻqish paytida yoki ilmiy-tadqiqot izlanishingiz paytida sizning yordamchingizga aylanishi uchun internetdan samarali foydalanish usullari haqida maslahat beramiz.

Connect Smart internet va ijtimoiy media xavfsizligining asosiy tamoyillarini oʻrganishni istaydigan har bir kishiga moʻljallangan. Yodingizda boʻlsin, agar sizda yoqimsiz onlayn tajriba mavjud boʻlsa yoki sizni bezovta qilayotgan boʻlsa, ishongan odamingiz bilan gaplashib, yordam olishga harakat qilishingiz kerak. Koʻpgina mamlakatlarda, siz 18 yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin boʻlgan bepul telefon tarmoqlari mavjud.

Siz “internetdan aql bilan foydalanish” ga tayyormisiz?

Oldingi Keyingi