taklif.jpg

Ish toʻgʻrisidagi ushbu taklif haqiqiymi?

Internetdan keladigan ish takliflari

Kimdir menga ish taklifi borligi haqida xabar yubordi va menga aytilgan joyga shaxsan kelib tanishishni taklif qildi. Men nima qilishim kerak?

● Siz ish qidirib biron-bir joyga murojaat qilganmisiz yoki ish qidirishingiz boʻyicha biron bir odam bilan bogʻlanganmisiz? Agar bunday qilmagan boʻlsangiz, unda bu xabar tuzoq boʻlishi mumkin, shuning uchun ehtiyot boʻling!

● Sizga taklif qilingan ish beruvchi kompaniya yoki ishxona va taklif qilinayotgan ish sohasi haqida oʻzingiz izlanishlar olib boring. Buning uchun internetdan foydalaning yoki doʻstlaringizdan soʻrang.

● Internetda tanishgan odamingiz bilan birinchi marta uchrashishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, oʻta ehtiyot boʻlishingiz kerak!

● Uchrashish uchun har doim gavjum joyni tanlang (masalan, savdo markazini).

● Doʻstingizga yoki oila a’zolaringizga ALBATTA qayerga ketayotganingizni va kim bilan uchrashayotganingizni aniq aytib bering!

● Doʻstingiz yoki oila a’zolaringizdan siz bilan birga shu uchrashuvga borishini iltimos qilsangiz, eng yaxshi yoʻl tutgan boʻlasiz.

Oldingi Keyingi