aknenin davolash.jpg

Akne izlarini davolash mumkinmi?

Akne izlari ikki baravar jazodek tuyulishi mumkin: avval ulardan xalos bo'lishingiz kerak, keyin esa ular qoldirgan izlaridan.

Koʻp hollarda, husnbuzarlar oʻz-oʻzidan yoʻqoladi, ammo ularni siqib chiqarishga harakat qilish yuzda chuqurchalar, ya’ni akne izlarining qolishiga olib kelishi mumkin.

Quyida sizga foydali boʻlishi mumkin boʻlgan bir necha usullarni keltiramiz.

Chandiqlarni davolash

Davolash chandiqlarning holatiga bogʻliq. Ba’zi hollarda shifokor (dermatolog) chandiqlarning koʻrinishini yaxshilash uchun kimyoviy pilingni taklif qilishi mumkin (bu terining yuqori qatlamlarini olib tashlash uchun yuzga kislota yoki kislotalar aralashmasini qoʻllashni oʻz ichiga oladi). Ushbu muolaja toʻgʻridan-toʻgʻri shifokor xonasida amalga oshirilishi mumkin.

Akne qoldirgan jiddiy chandiqlardan xols boʻlish uchun bir nechta davolash usullari yordam beradi:

Lazer bilan qayta tiklash.

Ushbu muolaja shifokor yoki dermatologning kabinetida amalga oshirilishi mumkin. Lazer terining shikastlangan yuqori qatlamini olib tashlaydi va oʻrta qatlamni tortadi. Bu terini silliq qiladi. Jarayon bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Jarayondan keyin terining toʻliq tiklanishi uchun odatda 3-10 kungacha vaqt ketadi.

Dermabraziya.

Ushbu muolajada teri sirtini silliqlash uchun aylanadigan simli choʻtka yoki aylanadigan olmos vositasidan foydalaniladi. Teri shifo topgani sayin silliqroq boʻladi. Dermabraziyadan keyin terining tiklanishi biroz koʻproq vaqt talab qilishi mumkin: odatda 10 kundan 3 haftagacha.

Fraksion lazer terapiyasi.

Fraksion lazer muolajasidan chuqur chandiqlarni yoʻqotish uchun qoʻllaniladi. U teri yuzasiga zarar yetkazmaydi va teri tiklanish vaqti ham boshqa lazer muolajalaridan qisqaroq boʻladi. Undan qoʻllanilganda teri vaqtinchalik qorayib qolishi mumkin.

Akne paytid u bilan kurashish uchun yuzingizga niqoblar va zamonaviy losonlarni aslo qoʻllamang. Ular husnbuzarlardan yordam bermaydi, aksincha, terini yanada koʻproq bezovta qilishi natijasida chandiqlar yanada qizgʻish boʻlib ko'rinadi.

Agar husnbuzarlardan keyin yuzingizda qizil yoki jigarrang dogʻlar paydo boʻlsa, ular vaqt oʻtishi bilan u oʻz-oʻzidan yoʻqoladi. Bu 12 oy yoki undan koʻproq vaqt olishi mumkin. Agar aknedan keyin yuzingizning koʻrinishidan norozi boʻlsangiz, dermatolog bilan gaplashing. U bu vaziyatda nima qilish mumkinligini maslahat berishi mumkin.

Husnbuzar oʻz vaqtida mutaxassis bilan bogʻlanish orqali davolansa, keyinchalik uning chandiqlarini davolashga xojat qolmaydi.

Oldingi Keyingi