yuzma yuz.jpg

Husnbuzar (akne)ni davolashda qaysi mahsulotlardan voz kechish kerak?

Hammaga ma’lumki, chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish tananing intoksikatsiyalanishi (zaharlanishi)ga va terining yomonlashuviga olib keladi. Shu bilan birga, ayrim odatiy oziq-ovqat mahsulotlari ham ba’zi oʻsmirlarda intoksikatsiya jarayonini keltirib chiqaradi.

Husnbuzarlarda tutiladigan parhez deganda, qondagi glyukoza va xolesterin darajasini koʻtaradigan barcha mahsulotlardan, shuningdek, yogʻ va ter bezlarini kuchaytiradigan oziq-ovqatlardan voz kechish nazarda tutiladi.

Shunday qilib, ratsiondan quyidagilarni olib tashlash tavsiya etiladi:

  • sut;
  • spirtli ichimliklar;
  • fastfud va yarim tayyor mahsulotlar;
  • gazli ichimliklar, achchiq choy, qahva;
  • achchiq va boshqa ziravorlar;
  • ketchup va souslar;
  • yogʻli goʻsht va baliq navlari, dudlangan goʻsht mahsulotlari;
  • qovurilgan kartoshka;
  • un va kraxmalli shirinliklar;
  • tort va non mahsulotlari.

Ushbu mahsulotlarni iste’mol qilganda qonda toksinlar miqdori ortadi. Natijada organizm toksinlarni tashqariga chiqarib tashlashga intiladi, ular esa yuz va tana terisidagi poralar (teshiklar) orqali chiqadi, bu esa akne rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ba’zi tadqiqotlar natijasiga ko’ra, chorva yogʻlari minimal miqdorda boʻlgan oʻsimlik mahsulotlarini iste’mol qiladigan hududlarda akne kasalligining darajasi dunyodagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan past ekan. Bu va koʻplab boshqa koʻrsatkichlar husnbuzarlarga qarshi kurashda parhezning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatadi.

Gigiyenaga rioya qilishning ahamiyati haqida ham unutmasligimiz lozim. Husnbuzarlarni siqish teri ahvolining yanada yomonlashuviga olib keladi. Kir qoʻllar bilan yuzingizga tegmang. Agar siz parhezga rioya qilsangiz-u, ammo baribir akne saqlanib qolaversa, dermatolog yoki kosmetolog mutaxassislarga murojaat qilishingiz kerak.

Keyingi