tonalka.jpg

Oʻsmir qizlar tonal kremdan foydalanishi mumkinmi va uning teriga ta’siri

Agar oʻsmirda akne (husnbuzar) boʻlsa, uni har qanday tarzda yashirish oʻsmirlar qilshni xohlagan eng birinchi ish boʻladi. Ammo notoʻgʻri tanlangan tonal asos, aksincha, teriniga zarar yetkazib qoʻyishi mumkin.

Haqiqatan ham, agar notoʻgʻri tanlangan boʻlsa, tonal asos yangi toshmalar paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin. Yuzida toshmalari boʻlgan odamlarning xatosi — yashirish xususiyatiga ega, qalin toʻqimalardan iborat tonal kremlarni tanlashlaridir. Natijada yuzdagi teshikchalar toʻlib, tiqilib qoladi, terining yogʻ ishlab chiqarishi koʻpayadi va komedonlar paydo boʻladi (akne va akne belgilari).

Muammoli teri uchun mahsulotlarni tanlayotganda, uning tarkibida komedogen moddalar mavjud emasligiga e’tibor bering. A va E vitaminlari, bugʻdoy moyi, hindiston yongʻogʻi, zigʻir urugʻi va palma yogʻi kabi moddalar yogʻli terining holatini yanada yomonlashtirishi mumkin. Akula jigari yogʻi, asal mumi va lanolin ham yogʻ ishlab chiqarishni koʻpaytib yuborishi mumkin. Komedogen moddasi, yogʻlar va moylardan tashqari turli maqsadlar uchun kosmetikaga qoʻshimcha ravishda qoʻshiladigan boʻyoqlar, emulsifikatorlar, konservantlar, xushboʻylantiruvchilar va sirtqi faol moddalar tarkibida mavjud boʻlishi mumkin.

Buning oʻrniga tarkibida salitsil kislotasi, arnika oʻsimlik ekstraktlari, koʻk choy, moychechak, rux oksidi, titan dioksidi, kofur, oltingugurt, allantoin va boshqa foydali ingredientlarni oʻz ichiga olgan mahsulotlarga e’tibor bering. Ular nafaqat nuqsonlarni yashirish, balki yalligʻlanishga qarshi ta’sirga ham ega boʻlib, terini namlaydi, zararli ekologik omillardan himoya qiladi. Uning mikrobiomini tiklaydi va aknedan keyingi simptomlarning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi.

Akne va komedonlarni yashirish uchun professional kosmetikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalar butun yuz uchun ham, ayrim nuqtalarni yashirish uchun ham ishlab chiqariladi.

Oldingi