911.jpg

Yuzingizni husnbuzarlardan qanday qutqarish mumkin?

Husnbuzarlarning soni irsiyatga, yoshga, gormonlar va bakteriyalarga bogʻliq. Shuning uchun ular bilan kurashish qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Lekin oʻzingiz qilishingiz mumkin boʻlgan bir necha foydali chora-tadbirlar ham bor.

  1. Teringizni toʻgʻri parvarish qiling. Har kuni yuzingizni iliq suv va yumshoq vositalar bilan yuving. Asosiy vazifa kuniga ikki marta yuz terisini uning kislotali muhitini buzmagan holda tozalashdir.
  2. Yuzingizni doim tozalang. Hech qachon pardoz, kosmetik vositalar va teri poralarini yopilishiga sabab boʻlgan kir va yogʻ qatlami bilan uxlashga yotmang.
  3. Qoʻlingiz bilan yuz terisiga kamroq tegishga harakat qiling. Bu terida yogʻ ajratilib chiqarilishini kuchaytiradi natijada oshiqcha yogʻ teri poralarini toʻldirib qoʻyishiga olib keladi.
  4. Husnbuzarlarni qoʻlingiz bilan siqib chiqarmang. Qora nuqtalar va husnbuzarlarni mustaqil ravishda siqib chiqarishga urinmang. Yuzni ulardan tozalash oʻrniga siz husnbuzar atrofidagi teriga shikast yetkazasiz, bu bakteriyalarni kirib kelishiga, yalligʻlanish jarayonining paydo boʻlishiga, dogʻ yoki chandiq paydo boʻlishiga olib keladi.
  5. Sogʻlom uyqu gigiyenasiga amal qiling. Uyqu yetishmasligi organizm uchun stressdir, bu oʻz navbatida bizning terimizga ta’sir qiladi. Yoshlarda stress holati husnbuzar, dogʻlar va teridagi qizarishlarga olib kelishi mumkin.
  6. Toʻgʻri ovqatlaning:
  • shirinliklarni, yogʻli va qovurilgan ovqatlarni, un va sut (sut, pishloq) mahsulotlarini iloji boricha kamroq iste’mol qilishga harakat qiling;
  • shirin gazlangan ichimliklardan saqlaning;
  • fastfud, qovurilgan kartoshka, pitsa yoki chips ham teringizga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin;
  • toshmalarni oldini olish uchun, ratsioningizni A, C vitaminlari, yogʻ kislotalari, antioksidantlar, beta-karotin, kletchatka, vitamin B va sinkka boy boʻlgan oziq-ovqatlar va meva-sabzavotlarga boyiting
  1. Yuz muntazam ravishda namlantirib turilishi kerakligi haqida unutmang. Suvsizlangan yogʻli teri yogʻ (sebum) ning yanada koʻproq ishlab chiqarilishiga olib keladi. Organizmda suv-mineral muvozanatini saqlash uchun tez-tez suv iching.
  2. Yuz parvarish mahsulotlarini toʻgʻri tanlang. Muammoli teri uchun kosmetika tarkibida antibakterial komponentlar boʻlishi ma’qulroq (salitsil kislotasi, AHA kislotalari).
  3. Faqat toza va individual sochiqlardan foydalaning. Ularni iloji boricha tez-tez yuvib va dazmollab turing. Yostiqjild ham doim toza boʻlishi kerak.
  4. Yalligʻlanish bitishi jarayonida chandiqqa aylansa yoki terini toʻgʻri parvarish qilishingizga qaramay, yaxshilanish kuzatilmasa, dermatologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ogʻir holatlarda dermatolog kerakli davo choralarini buyurishi mumkin.
Oldingi Keyingi