Bolalar transport yoʻlida oʻzlarini qanday tutishlari kerak?
Agar uyingizdan chiqish joyida transport harakatlanishi mumkin boʻlsa, darhol bolaning e’tiborini yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga qarating. Agar uydan chiqish joyida transport vositalari yoki daraxtlar boʻlsa, harakatni toʻxtating va xavf-xatarga e’tiborli boʻling.
Piyodalar yoʻlakchasidan yurganda
- Oʻng tomon boʻylab harakatlaning.
- Kattalar doim yoʻlakchaning qatnov qismi tomonida boʻlishlari kerak.
- Agar trotuar yoʻl yonida boʻlsa, ota-onalar bolaning qoʻlidan ushlab yurishlari kerak.
- Farzandingizga piyodalar yoʻlagida yurganda yon atrofdagi hovlilardan chiqib kelayotgan mashinalarni diqqat bilan kuzatishni oʻrgating.
- Bolalarni yoʻlga chiqishga oʻrgatmang, aravachalar va chanalarni faqat piyodalar yoʻlida olib yuring.
Yoʻlni kesib oʻtishga tayyorlanish
- Toʻxtang, yoʻlni yahshilab kuzating.
- Bolaning yoʻlni kuzatish qobiliyatini rivojlantiring.
- Harakatlaringizga alohida urgʻu bering: yoʻlni koʻrish uchun boshingizni buring. Yoʻlni tekshirish uchun va mashinalarni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtang.
- Farzandingizni uzoqqa nazar tashlashga, yaqinlashib kelayotgan mashinalarni farqlashga oʻrgating.
- Farzandingiz bilan piyodalar yoʻlakchasi chetida turmang.
- Bolaning e’tiborini burilish uchun tayyorlanayotgan transport vositalariga qarating, avtoulovlarning chiroqli burilish signallari haqida gapirib bering.
- Avtomobilning yoʻlni kesib oʻtish joyida qanday toʻxtashini, inertsiya boʻyicha qanday harakat qilishini farzandingizga koʻrsating.
Transportga chiqish va tushish paytida
- Transport vositasidan tushayotganda boladan oldin chiqing, aks holda bola yiqilib yoki yoʻlga chiqib ketishi mumkin.
- Transport vositasi toʻliq toʻxtagandan keyingina eshikka chiqish uchun yaqinlashing.
- Transport vositasiga soʻnggi daqiqada chiqmang (eshiklar qisib qoʻyishi mumkin).
- Farzandingizni toʻxtash joyida ehtiyotkor boʻlishga oʻrgating — bu xavfli joy (yoʻl yaxshi koʻrinmaydi, yoʻlovchilar bolani yoʻlga itarib yuborishi mumkin).
- Transportni kutayotganda faqat maydonchalar, yoʻlakchalar yoki bordyurlarda turing.
Bolalarda koʻchada oʻzini tutish koʻnikmalarini shakllantirishga harakat qiling:
- E’tiborni yoʻlga qaratish koʻnikmasi: yoʻlga yaqinlashganda, toʻxtang, koʻchani har ikki yoʻnalishda kuzating.
- Koʻchada xotirjam, ishonchli harakat qilish koʻnikmasi: uydan chiqayotganda kech qolmang, xotirjam yurish uchun uydan vaqtliroq chiqib keting.
- Oʻz-oʻzini nazorat qilishga oʻtish koʻnikmasi: oʻz xatti-harakatlarini kuzatish qobiliyati har kuni ota-onalarning rahbarligi ostida shakllanadi.
- Xavfni oldindan bilish koʻnikmasi: bola koʻchada turli xil narsalar ortida koʻpincha xavf yashiringanligini oʻz koʻzlari bilan koʻrishi kerak.
Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishda ota-onalar bolalarga oʻrnak boʻlishlari muhimdir.
- Shoshmang, vazmin qadamlar bilan yoʻlni kesib oʻting.
- Yoʻlning qatnov qismida ketayotganda, suhbatni toʻxtating - bola yoʻlni kesib oʻtayotganda diqqatni jamlash kerakligiga koʻnikishi kerak.
- Svetaforning qizil yoki sariq chirogʻi yonganda yoʻlni kesib oʻtmang.
- Yoʻlni faqat "Piyodalar oʻtish joyi" yoʻl belgisi bilan belgilangan joylarda kesib oʻting.
- Bola bilan birga mashina, butalar ortidan yoʻlni koʻzdan kechirmasdan turib chiqmang — bu koʻp uchraydigan xato va bolalar buni takrorlashiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
- Bolalarning yoʻllar yaqinida va transport yoʻlida oʻynashlariga yoʻl qoʻymang.
Bolalarning xavfsizligiga e’tiborsiz boʻlmang!