Kattalar diqqatiga! Xavfsizlik eslatmasi
Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishda ota-onalar bolalarga oʻrnak boʻlishlari muhimdir.
Shoshmang, bolalarni shoshiltirmasdan, me’yoriy tezlikda yoʻlni kesib oʻting;
Yoʻlga chiqqaningizda, gapirishni toʻxtating — bola yoʻlni kesib oʻtayotganda diqqatni jamlash kerakligiga koʻnikishi kerak;
Yoʻlni qizil yoki sariq svetoforda kesib oʻtmang;
Yoʻlni faqat “Piyodalar oʻtish joyi” yoʻl belgisi bilan belgilangan joylarda kesib oʻting;
Avval siz avtobus yoki taksidan tushing. Agar bola birinchi boʻlib transport vositasidan chiqsa, u yiqilib tushishi yoki yoʻl qismiga chiqib ketishi mumkin;
Farzandingizni yoʻldagi vaziyatni kuzatishga jalb qiling, unga burilish uchun tayyorlanayotgan yoki yuqori tezlikda harakatlanayotgan, yoʻl harakati qoidalarini buzgan mashinalarni koʻrsating;
Bola bilan mashina, butalar ortidan yoʻlni koʻzdan kechirmasdan chiqmang — bu odatiy xatodir va bolalarning buni takrorlashlariga yoʻl qoʻymaslik kerak;
Bolalarni yoʻllar yaqinida va yoʻlda oʻynashlariga yoʻl qoʻymang.
Bolalarga nafaqat yoʻl qoidalariga rioya qilishni, balki juda yoshligidanoq vaziyatni kuzatib harakat qilishni oʻrgatish kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, xulq-atvor koʻnikmalarini shakllantirishning asosiy usuli — kuzatish, kattalarga, ayniqsa, ota-onalarga taqlid qilishdir.