Kiyimingizning rangi hayotingizni saqlab qolishi mumkin!

Sovuq va yomgʻirli kunlarda ob-havo ayniqsa piyodalar xavfsizligini ta’minlashda muhim rol oʻynaydi. Qishda erta qorongʻi tushishi, sirpanchiq yoʻllar, tuman va yoritishning yaxshi emasligi — bularning barchasi yoʻl harakatini murakkablashtiradi va baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi. Bunday holatlar faqatgina haydovchilarning emas balki barcha piyodalarning ham muammosidir.

Kechqurun, haydovchi odatdagi “shahar” tezligida, ya’ni soatiga 50-70 km tezlikda harakatlansa ham, yoʻlda ketayotgan odamni oʻz vaqtida payqab, tormozlanishga ulgurmasligi mumkin. Agar piyoda toʻq rangli kiyimda boʻlsa bu yana ham qiyin boʻladi.

Shahar sharoitida "toʻq rangli" degani har doim ham qora rangni anglatmaydi. Koʻk, jigarrang, kulrang, toʻq qizil — kun davomida yorqin va har xil koʻrinadigan barcha ranglar kechqurun atrof-muhitga singib ketadi.

Hatto tajribali haydovchilarning ta’kidlashicha, qorongʻida djinsi shim va kurtka kiygan piyoda yoʻlda ham, piyodalar oʻtish joyida ham deyarli koʻrinmaydi. Bunday vaziyat 40-50 km/s da xavfli va avariya olib kelishi mumkin boʻladi. Bu shuni anglatadiki, piyoda haydovchilar uni koʻrib tormozlanishadi degan hayol bilan zebra yoʻlakchasidan ishonch bilan oʻtib borishi mumkin, ammo haydovchi uni koʻrmayotgan boʻladi.

Qishning qorongʻi kunlarida piyodalar xavfsizligi uchun faqat yoʻl qoidalariga rioya qilishning oʻzi yetarli emas. Siz va bolangiz yoʻlda yaqqol koʻrinib turishingizga ishonch hosil qilish muhimdir. Bunga erishish oson: yorqin rangli yoki nurni aks ettiruvchi kiyim kiying. Va bolangizni ham shunday kiyintiring.

Sariq, toʻq sariq, oq, yorqin yashil kurtkalar yoʻlda piyodalar xavfsizligini bir karra oshiradi. Agar siz toʻq rangli kiyim kiygan boʻlsangiz, kiyimingizda yorugʻlikni aks ettiruvchi chiziqlar boʻlishiligini ta’minlang.

Farzandlaringizga yorqin rangli kiyim kiydiring, shuningdek, nurni maxsus aks ettiruvchi elementlardan foydalaning yoki shunday elementlari bor boʻlgan kiyimlar sotib oling. Haydovchilar hatto uzoqdan yorqin kiyim kiygan odamni koʻra oladilar. Bu ularga tezlikni pasaytirish imkonini beradi.

Yoʻlni piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻting, kutayotganingizda esa yoʻl chetida turing.

Hurmatli ota-onalar, oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi haqida unutmang!

Oldingi Keyingi