“Men qilgandek qil!”: nima uchun ota-onalar oʻz farzandlariga yoʻllarda xavfsiz harakatlanishni oʻrgatishlari lozim?
Hurmatli ota-onalar, bolalar ulgʻayishi bilan ancha murakkab davrlar boshlanadi. Bolalarga yoʻllarda xavfsiz harakatlanishni oʻrgatadigan asosiy oʻqituvchi bu maktab emas, balki Sizsiz. Farzandingiz bilan har qancha mashgʻulotlar oʻtkazilmasin, siz oilada shakllantiradigan koʻcha va yoʻllarda xavfsiz harakatlanishning axloqiy koʻnikmalarini va barqaror odatlarini maktab faqatgina mustahkamlashi mumkin xolos.
Afsuski, koʻpincha maktab oʻqituvchilari birinchi sinf oʻquvchilari bilan kattalar tomonidan singdirilgan notoʻgʻri bilim va odatlar ustida qayta shugʻullanishga majbur boʻladilar. Qonunga boʻysunuvchi fuqaroni, shu jumladan, yoʻl harakati qatnashchisini tarbiyalashda ota-onalar uchun asosiy yondashuv bu “men qilgandek qil” tamoyili boʻlishi kerak.
Bola yoʻl harakati qoidalarini buzmasligi uchun nafaqat ularni bilishi, balki ularga rioya qilishni odat qilishi kerak. Kechikayotgan boʻlsangiz ham, qoidalarda ruxsat berilgan joydagina yoʻlni kesib oʻting. Sizning bunday namuna koʻrsatishingiz yuzlab marta “qizil chiroqqa oʻtma” deb takrorlaganingizdan koʻra samaraliroq boʻladi.
Harakat yoʻl va koʻchalarning qatnov qismidan emas, balki piyodalar yoʻlagidan boshlanadi. Shu sababli farzandingiz bilan maktabga borar ekansiz, unga uyning ostonasidan chiqiboq, birinchi qadamlaridan boshlab ehtiyot boʻlishi kerakligini tushuntiring. U bilan butun yoʻlni bosib oʻting va yoʻlda uchragan eng xavfli joylarni koʻrsating.
Birinchi sinfda koʻpchilik ota-onalar farzandlarini maktabga olib keladilar va olib ketadilar. Ammo ikkinchi sinfda esa koʻpchilik bolalar vaziyatni baholashni va oʻz harakatlarini rejalashtirishni hali oʻrganmaganliklariga qaramasdan oʻz hollariga tashlab qoʻyiladilar. Bu davrda ular qatnov qismini mustaqil ravishda kesib oʻtishda hali juda kam tajribaga ega boʻladilar.
Boshlangʻich maktab oʻquvchilari hayotlarini xavf ostiga qoʻyadigan eng katta xavf guruhini tashkil qiladi. Ular qoʻrquvsiz istalgan joyga yugurib oʻtishga va yoʻlni yugurib kesib oʻtishga harakat qilishadi.
Hurmatli ota-onalar, e’tiborliroq boʻling! Farzandlaringiz mustaqil ravishda tajribaga ega boʻlmasinlar, ularga oʻz vaqtida kerakli bilim va koʻnikmalarni bering.