Yol-transport hodisalarini kamaytirish uchun nima qilish kerak
Ishoning, yoʻl harakati qoidalari faqatgina yashil chiroqqa oʻtish va piyodalar oʻtish joyi haqida emas.
Farzandingiz bilan birga oʻrganing. Belgilar va yoʻl harakati qoidalari haqida ajoyib ilovalar mavjud. Bu qoidalarni joylarda ishlab chiqish uchun barcha imkoniyatlardan foydalaning.
Birinchi yordam koʻnikmalarini oʻrganing. Yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarning 70% i oʻlimining asosiy sababi guvohlarning harakatsizligi yoki notoʻgʻri harakatlaridir. Agar jabrlanganlarga malakali birinchi tibbiy yordam koʻrsatilsa, halok boʻlganlar soni, jumladan, bolalar ham ancha kam boʻlishi mumkin edi.
Nu qaytaruvchi (reflektorli) bolalar kiyimlarini sotib oling! Kiyimlarga tikilgan bu koʻzga koʻrinmas chiziqlar aql bovar qilmaydigan ta’sirga ega — ular oʻtib ketayotgan mashinaning faralarini aks ettiradi hamda kechqurun insonni yoʻlda payqash imkoniyatini 70% ga oshiradi!
Yerdagi eng dahshatli tovushlardan biri bu — gʻildiraklarning tormoz berishi, zarba berishdagi ovoz va qichqiriqdir.
Farzandlarimiz har safar uyga omon qaytishlari uchun birgalikda harakat qilaylik.