Yoʻl “tuzoqlari” 2-qism
Past tezlikda harakatlanadigan mashina juda aldamchi boʻlishi mumkin. “Mashina sekin yurmoqda, men yugurib oʻtishga ulguraman”, deb oʻylaydi ba’zi bolalar va gʻildiraklar ostiga tushishadi. Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri — bolalar koʻpincha mashinaning tezligini ham, ungacha boʻlgan masofani ham toʻgʻri baholayolmaydilar. Yana bir sabab shuki, sekin harakatlanayotgan mashina yuqori tezlikda ketayotgan boshqa mashinani orqasida bilinmasligi mumkin, bunday boʻlishi mumkinligini bola hatto gumon qilmaydi ham. Bunday holatlar, yani "yoʻl tuzogʻi" dan chiqishning yoʻli - mashina qanchalik past tezlikda yaqinlashayotgan boʻlsa ham, siz uni oʻtkazib yuborishingiz va uning orqasida boshqa mashinalar yoʻqligiga ishonch hosil qilishingizdir.
Yana bir odatiy favqulodda holat - bola mashinani oʻtkazib yuborsa-da, darhol yoʻl boʻylab yuguradi. Bunday holatdagi “tuzoq” shundan iboratki, birinchi yoʻlda oʻtib ketayotgan mashina qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan mashinani yashirishi yoki qoplashi mumkin – bola birinchi yoʻldan darhol yoʻlni kesib oʻtib ketsa, qarama-qarshi yoʻlda mashinaning ostiga tushishi mumkin.
Bolalar koʻpincha “boʻsh” koʻcha boʻylab qaramasdan yugurishadi. Mashinalar kamdan-kam koʻrinadigan koʻchada bolalar koʻpincha atrofga qaramasdan yoʻlga chiqib ketishadi va avtohalokatga uchrashadi. Bolada yoʻlga chiqishdan oldin doimo toʻxtash, atrofga qarash, tinglash va shundan keyingina qatnov qismini kesib oʻtish odatini rivojlantiring.
“Yoʻl tuzogʻi” svetoforda ham kutishi mumkin: yashil signal xavfsizlik kafolati emas. Bugungi kunda yoʻllarda haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzilishi holatlariga tez-tez duch kelamiz: ular svetofor va piyodalar oʻtish belgilariga e’tibor bermay, belgilangan tezlikda harakatlanishadi. Bolalarni “yashil chiroqqa” yoʻnaltirishga oʻrgatishning oʻzi kifoya emas, barcha mashinalar toʻxtaganiga, hech kim yuqori tezlikda shoshilmasligiga va yoʻlni kesib oʻtish xavfi yoʻqligiga ishonch hosil qilishlarini ham tushuntirish kerak.
Ikki tomonlama harakatlanish yoʻlida, qatnov qismining oʻrtasiga yetib borganlarida, bolalar odatda faqat oʻng tomonda harakatlanayotgan mashinalarni kuzatishadi va ularning orqasidan oʻtayotgan mashinalarni unutishadi. Bu yerda xavf shundaki, tezlikni oshirib kelayotgan mashinadan bola qoʻrqib, orqaga keskin tisarilishi mumkin — va yana axtohalokat yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun, agar haqiqatan ham yoʻlning oʻrtasida toʻxtashga toʻgʻri kelgan boʻlsa, juda ehtiyot boʻlishlari kerakligini, xavfsizlikka ishonch hosil qilmaguncha biron bir harakat qilmasliklari kerakligini tushuntiring.
Muxtasar qilib aytganda, yoʻl qoidalari birinchi qarashda koʻrinadigan darajada oddiy emas. Bu “yoʻlni faqat yashil chiroqda kesib oʻtish” kabi oddiy qoidalar bilan cheklanmaydi. Darhaqiqat, barchamizni yoʻlda juda koʻp “tuzoqlar” va kutilmagan vaziyatlar kutadi. Koʻpincha kattalar uchun ham harakat qilish qiyin boʻlgan yerda, eng yosh yoʻl foydalanuvchilari haqida tabiiyki gapirmasa ham boʻladi. Bolalarni juda yoshligidan yoʻlda xavfsiz xatti-harakatlar qoidalariga rioya qilishga oʻrgating. Shuni unutmangki, shaxsiy misol, ya'ni na'muna oʻrganishning eng tushunarli shaklidir.