Eko-fikrlash — bolalarni atrofdagi olamni qabul qilishga qanday oʻrgatish mumkin?
Ekologiya — tabiat va sivilizatsiyaning barcha aholisi oʻrtasidagi oʻzaro ta’sirlar majmui. Bu odamlar nafaqat atrofdagi dunyoni himoya qilishi, balki koʻplab qoidalar va tuzilmalar muntazam ravishda qayta koʻrib chiqiladigan jamiyatda bir-biriga hurmat bilan munosabatda boʻlish qobiliyati hamdir.
Bularni tushintirishda birinchi navbatda bolalarni moslashishga oʻrgating, dunyodagi bilimlarimiz doimo yangilanib turishini ularga tushuntiring. Maktabda oʻrganilgan ma’lumot bir necha yil ichida toʻsatdan eskirib qolishi tabiiy hodisa. Oxir-oqibat, odamlar yerni tekis deb hisoblashgan va atigi yuz yil oldin terining rangi yoki jins aqliy qobiliyatlarga ta’sir qilishiga ishonishgan.
Ekologiya nafaqat tabiat haqida, balki odamlar haqida ham. “Toksiklik”, tajovuzkorlik mavjud boʻlmagan “ekologik muloqot” bunga yaqqol misol. Unda suhbatdoshni eshitish va tushunish istagi bor. Bolaligidan bolaga dunyo katta ekanligini, undagi har bir insonning oʻziga xos xususiyatlari, farqlari va oʻziga xos jihatlari borligini tushuntirgan ma’qul. Va ularning har biri bilan til topisha olish kerak.
Birgalikda bajarilishi mumkin boʻlgan qiziqarli ishlar roʻyxatini tuzing, ularni taqvimga kiriting va tartibi bilan bajaring.