Tejash — ekologik jihatdan qulay
Atrof-muhit yukini kamaytirishning eng oson usuli — oʻz iste’molini nazorat qilishdir. Buni turli yoʻllar bilan amalga oshirish mumkin: arzon "bir martalik" kiyim oʻrniga yaxshiroq kiyim sotib olish; mobil telefonni yangi turi chiqarilgani uchungina oʻzgartirmaslik, bir martalik paket oʻrniga qayta ishlatiladigan sumkalardan foydalanish va hokazo.
Jamgʻarma — kelajakda qanday tejab yashashni oʻrganishning ajoyib usuli ham. Bola moliyaviy savodxonlik asoslarini oʻrganishi, ulgʻaygach ma’nosiz kreditlar va ma’nosiz haridlar uchun pul sarf qilmaslikni bilishiga ham imkoniyat yaratib beradi.
Tejash nafaqat pul haqida, balki fikrlash tarzi haqida ham. Hozir, ayniqsa, katta avlodda, hali ham yoʻqchilik qoʻrquvi bor. Yaqindagina iste’molchi uchun tanlov deyarli yoʻq edi, endi birdan hamma narsa paydo boʻldi: odamlarda pul ham bor, tanlov ham bor. Shu sababli ularning psixologiyasi agar pul boʻlsa, ularni zudlik bilan sarflash kerak, chunki ertaga bu mahsulotlar yoki pul tugab qolishi mumkin, degan fikrlar bilan shakllangan. Buni oʻzgartirish uchun kishi masalaga ongli ravishda yondashib oʻzida oqilona iste’molni oshirishi muhimdir. Eng yaxshisi pullarni qimmatli qogʻozlarga, aksiyalarga investitsiya qilish, depozit qoʻyishdir.
Pulga nisbatan xotirjam munosabatni oʻrganish uchun ushbu usulni sinab koʻring: bolangiz bilan birgalikda atrof-muhitga zarar bermaslik uchun pulni tejash mumkin boʻlgan roʻyxatini tuzib chiqing. Keyin esa, tejab qolingan pulga nima harid qilish mumkinligini muhokama qiling. Misol uchun, butun oila bilan parkga sayohat qilish uchun ekologik xavfsiz velosipedlar sotib olish mumkin.