17.Mix illustrations-26

Yaroqlilik muddati oʻtgan dorilarni nima qilish kerak?

Uydagi birinchi tibbiy yordam toʻplami qutisida muddati oʻtgan dori-darmonlar mavjudligini vaqti-vaqti bilan tekshirish kerakligini hamma biladi. Ammo hamma ham muddati oʻtgan dori-darmonlardan boshqalarga va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda xalos boʻlishni bilmaydi.

Yaroqlik muddati oʻtgan dori ta’sir qilishi mumkin, lekin avvalgidek yaxshi natija bermaydi. Hattoki undan zaharli kimyoviy moddalar ajralib chiqishi ham mumkin.

Xoʻsh, muddati oʻtgan dorini nima qilish kerak?

Yaroqlilik muddati oʻtgan dori-darmonlarni axlat qutisiga tashlashingiz yoki hojatxonaga yoki rakovinadan oqizib yuborishingiz mumkin.

Dori-darmonlarni axlatga tashlaganda uni ovqat qoldiqlari bilan aralashtirib yuborishdan ehtiyot boʻlishingiz kerak. Tashlab yuborar ekansiz, kapsulalarni ochish va dorini maydalab tashlash mumkin emas.

Hojatxonada oqizib yuborilgan dorilarning ba’zilari suvda toʻliq eriydi va koʻrsatmada ular haqida “eruvchan” deb yoziladi. Siz ularni kanalizatsiyaga oqizib yuborishingiz mumkin.

Eski dori-darmonlarni kanalizatsiya yoki hojatxonaga oqizganda, ular suv ta’minotini ifloslantirishi va odamlar hamda yovvoyi tabiat uchun muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini eshitgan boʻlsangiz kerak. Tadqiqotchilar hali ham bu masalani oʻrganmoqdalar, biroq hali aniq bir dori turlarini oqizib yuborilganda uning atrofga keltirgan zarari aniqlanmadi. Aksincha, zarar yetish ehtimoli ularni vaqtida tashlab yuborilmaganda yuqoriroq.

Dorilarni yoʻq qilish oson va bu faqat bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi:

  • Dorini flakondan boʻshating yoki ularni kassetasidan ajratib paketga tashlang. Bitta paketga turli xil dori-darmonlarni qoʻshishingiz mumkin.
  • Plastik paketga bir oz suv qoʻshib, dorini iviting. Bu dorini eritib yuboradi. Keyin oziq-ovqat boʻlmagan narsalarni qoʻshing, masalan, mushuk axlati, qahva quyqumi yoki choy shamasi. Agar bolalar yoki hayvonlar bu paketni topib olsalar, uning ichidagi narsalarga tegmaydilar.
  • Paket mahkam yopilganligiga ishonch hosil qiling va uni odatdagi axlat qutingizga tashlang.

Dori-darmonlarni yoʻq qilish muhim jarayondir. Har bir ota-ona oʻz farzandiga dorining yaroqlilik muddatiga e’tibor berish va uni qanday qilib toʻgʻri tarzda yoʻq qilish kerakligini tushuntirishi kerak.

Keyingi