Farzandingiz bilan internet xavfsizligi haqida suhbatlashasizmi?
Bolalarim internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi va bu meni tashvishga solmoqda. Nima qilishim kerak?
● Bolalar internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan qanday maqsadda foydalanishni tushunishlari uchun ular bilan tez-tez suhbatlashish yaxshi odat.
● Bolalardan qaysi veb-saytlarni ishlatishini va yana nima maqsadda ishlatish mumkinligi haqida soʻrang. Ulardan Internetdan foydalanishda nimalarni yoqtirishlari va nimalarni yoqtirmasliklari toʻgʻrisida bilib oling.
● Bolalaringiz internetda va ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlar va holatlarning qay birini “yomon xulq-atvor” va qay birini “yaxshi xulq-atvor” deb hisoblashlari haqida soʻrang va bu haqda tushuncha bering.
● Farzandlaringiz bilan ochiq, samimiy va hotirjam gaplashishingiz ularning oʻzlarini yaxshi va erkin his qilishlariga sabab boʻladi. Shunday qilsangiz, kelajakda farzandlaringiz internetda nimalar qilishini, biron narsadan yoki holatdan xafami yoki yoʻqmi va ular bilan internet va ijtimoiy tarmoqlarda biron noxush holat sodir boʻldimi yoʻqmi sizga erkin aytib beradilar.
● Farzandlaringizdan Internet tarmogʻidan foydalanish haqida koʻproq ma’lumot olishga yordam berishlarini soʻrang. Koʻpgina bolalar Internetdan foydalanishni juda yaxshi bilishadi va undan foydalanishni oʻrganishingizda sizga yordam berishlari mumkin.