Bolalarni himoya bilan ta’minlash nima uchun muhim? (1-qism)

Himoya nima?

Barcha bolalar himoyalanish huquqiga ega. Har bir bola yashash huquqiga, xavfsizlikda boʻlishga, kerakli boʻlishga, uni eshitishlariga, gʻamxoʻrlikka va himoyalangan muhitda yashashga haqli.

Oila bu birinchi navbatdagi himoya chizigʻidir. Ota-onalar yoki vasiy shaxslar bolani xavfsiz boshpana bilan ta’minlashga va mehr koʻrsatishga majburdirlar. Maktablar va jamoat joylari bolalar uchun xavfsiz va doʻstona muhit boʻlib xizmat qilishi kerak.

Afsuski millionlab bolalar toʻliq himoyalangan emas. Koʻpgina bolalar zoʻravonlik, shafqatsiz munosabat, ekspluatatsiya yoki kamsitishga uchrab kelmoqda. Bu kabi qonunbuzarliklar ularning omon qolishi, gullab-yashnashi va orzularini amalga oshirishidagi imkoniyatlarini cheklaydi.

Ma’lumotlarga koʻra, 160 milliondan ortiq bolalar 4-5 yoshidan boshlab mehnatga jalb etilgan. Millionlab bolalar va asosan qizlar, xizmatkor sifatida ishlab kelmoqda va har yili milliondan ortiq bola odam savdosidan aziyat chekib kelmoqda.

Keyingi