Bolalarni himoya bilan ta’minlash nima uchun muhim? (2-qism)

Oʻgʻil bolalar va qizlar oʻz huquqlarini toʻgʻri qoʻllay olishlari uchun ularni qoʻllab-quvvatlash lozim. Yoshlar oʻzlarida zoʻravonlik, ekspluatatsiya va kamsitishlarga qarshi himoya mexanizmlarini rivojlantirishlari kerak.

  1. Har bir bolaning oilada ulgʻayish imkoniyati boʻlishi kerak. Agar oilaning bolaga gʻamxoʻrlik qilish imkoni boʻlmasa, oilani saqlab qolish, mustahkamlash va muammoni bartaraf etish uchun mahalliy hokimiyat organlari zarur choralar koʻrishi kerak.
  2. Har bir bola oʻz ismiga ega boʻlish huquqiga ega. Har bir bola fuqarolik huquqiga ega. Bolaning tugʻilganligini roʻyxatga olish bolaga kelgusida ta’lim olish huquqini, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini shuningdek, huquqiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqini beradi. Dunyo boʻyicha soʻnggi 4-5 yil ichida 230 million tugʻilish holatlari qayd etilmasdan qolib ketgan. Tugʻilishni qayd etish zoʻravonlik va ekspluatatsidan himoya qilishga qaratilgan muhim qadamdir.
  3. Qizlar va oʻgʻil bolalar har qanday turdagi zoʻravonlik va qoʻpol muomaladan himoyalangan boʻlishlari shart. Bolalar oʻz uylarida, maktablarda, ish joylarida yoki jamiyatning boshqa turli joylarida jinsiy zoʻravonlik va eksplutatsiya xavfiga duch kelmasliklari kerak. Jinsiy zoʻravonlik va ekspluatatsiyaning oldini olish choralarini koʻrish muhim. Jinsiy zoʻravonlik va ekspluatatsiyadan jabr koʻrgan bolalarga zudlik bilan yordam koʻrsatish zarur.
  4. Bolalar har qanday xavfdan holi boʻlishlari shart. Bolalarning ishlari ularning maktabga borishlariga halaqit qilmasligi kerak. Bolalar hech qachon qullik, majburiy mehnat, giyohvand moddalar ishlab chiqarish yoki odam savdosiga jalb qilish kabi mehnatning eng yomon shakllariga jalb etilmasligi kerak.

Agar bolalarning himoyasi zaif boʻlsa, ular odam savdosi qurboniga aylanadilar. Davlat, jamiyat va oilalar odam savdosining oldini olish va uni toʻxtatish uchun mas’uldirlar. Shuningdek, jabr koʻrgan bolalarga agar shuni istasalar, oʻz oilalari va jamiyatga qayta qoʻshilishga yordam berish kerak.

  1. Adolat bolalar huquqlariga asoslangan boʻlishi kerak. Bolalarni qamoqqa olish yoki maxsus muassasalarga joylash doimo eng ilojsiz hollardagi chora boʻlishi lozim. Shafqatsiz jabr koʻrgan yoki jinoyatga guvoh boʻlgan bolalarga alohida yordam koʻrsatilishi zarur.
  2. Bolalar maktabda ta’lim olishlari uchun va kerakli tibbiy xizmatdan foydalana olishlari uchun zarur boʻlgan hollarda oilalarga yordam koʻrsatilishi kerak.
  3. Har bir bola yoshiga mos ma’lumotlarni olishga, oʻz fikrini boshqalarga aytishga, unga tegishli qarorlar qabul qilinishi jarayonida qatnashishga haqli.

Bu huquqlarni amalga oshirish bolalarni zoʻravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish imkonini beradi, shuningdek ularga fuqarolik jamiyatida faol ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Oldingi Keyingi