Bolalarni zo‘ravonlikdan qanday himoya qilish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarida tez-tez uchrab turadigan mavzulardan biri bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalashdir. Bugungi kunda bolaga nisbatan ruhiy, jismoniy, jinsiy zo‘ravonliklar yuzaga kelmoqda. Ular orasida hayotda ko‘p uchraydigani bu bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, unga tan jarohati yetkazish, kamsitish, ruhiy bosim o‘tkazish holatlaridir.

Bolalarni oiladagi zo‘ravonliklardan qanday himoyalash mumkin?

Birinchi navbatda oiladagi ijtimoiy muhit, afsuski, ko‘p xollarda nosog‘lom oilaviy muhit tufayli bolalar turli ko‘rinishda zo‘ravonlikka uchraydi. Shuningdek, ota-onalar bolalardagi ruhiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida anglab yetmasliklari oqibatida ham bolalar uchinchi shaxs tomonidan turli zo‘ravonlikka uchrashi mumkin. Juda ko‘p vaziyatlarda bolalar zo‘ravonlikka uchraganda qayerga murojaat qilishni bilmaydilar.

Bolalarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonliklar to‘g‘risida Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani)ga yoki huquqni muxofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilish mumkin. Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin. Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) murojaatlarni ko‘rib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlaydi.

Manzil: 100027, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov shox ko‘chasi, 16А-uy (71) 200-10-96
1096 info_ombudsman.uzb@umail.uz

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollik, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomala, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Majburiy bolalar mehnatidan foydalanish tugatildi.

Konstitutsiyamizning 64-moddasida “Ota-onalar farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” deya belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, afsuski, barcha ota-onalar ham o‘z burchini, konstitutsiyaviy majburiyatini to‘laqonli his qilavermaydi.

Shu kabi vaziyatlarda davlat organlari bola huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida sud va tegishli organlarga murojaat qilishlari lozim.

Bola huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilgan holatlar haqidagi xabarlar vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tekshiriladi.

Bolalarni turli zo‘ravonliklardan himoyalash barchaning burchi hisoblanadi.

Oldingi Keyingi