Farzand tarbiyasida ota-ona majburiyati

Farzand tarbiyasi muqaddas burch, bu majburiyatni bajarish uchun ota-onalardan katta mas’uliyat talab etiladi.

Har bir ota-onaning voyaga yetmagan bolalarining oldidagi huquq va majburiyatlari qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi hamda ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari belgilab qo‘yilgan.

Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilinishi, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni javobgarlikka tortilishi va jarima solinishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, har bir ota-ona o‘ziga belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida ota-onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha ham choralar ko‘rilishi qonunchiligimizda belgilab qo‘yilgan. Bular jumlasiga, ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lish, jumladan, jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy bosim o‘tkazish, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka chalinish, o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilish holatlari kiradi.

Mamlakatimizning Konstitutsiyasi va qonunlarida bola manfaatini himoya qilish bo‘yicha yetarlicha asosli hujjatlar mavjudligini e’tiborga olgan holda har bir oila, ota-ona o‘z farzandlarining kelajagi haqida qayg‘urishi kerak.

Oldingi Keyingi