Oʻsmir oʻqishni va kelajagini muhokama qilishni xohlamaydi. Nima qilish kerak?

Ba’zida oʻsmirlar dangasalik qiladilar, ota-onalari bilan muammolarini muhokama qilishni xohlamaydilar, kelajak haqida gapirishdan qochadilar. Umuman olganda, bu yosh uchun ushbu xatti-harakatlar odatiy hol va tashvishga oʻrin yoʻq. Ammo kattalar ehtiyot boʻlishlari kerak boʻlgan holatlar ham mavjud.

Birinchidan, ota-ona bolaga nima boʻlayotganini tushunishi kerak, nega asabiy oʻsmir muloqot qilishni xohlamaydi. Bu munosabatlardagi qiyinchiliklar travma ta’siridanmi? Bu davrda ta’lim ikkinchi oʻrinda turadi. Oʻzaro ishonchga qurilgan munosabatlar asosida chuqurroq mavzularda gapirishni boshlang: “Biror narsa yuz berdimi yoki sen uzoq vaqtdan beri oʻzingni shunday his qilyapsanmi?”.

Agar bola gapirishni istamasa, muammolarning manbasini oʻzingiz topishga harakat qilishingiz mumkin. Oʻsmirlarning 10 ta ehtiyoji qondirilishi kerak:

  • e’tibor va qoʻllab-quvvatlash;
  • aniq (lekin qat’iy emas) qoidalar va chegaralar;
  • hayotiy amaliyot orqali rivojlanish va oʻrganish;
  • qiziqarli hayot voqealar;
  • zavq;
  • hurmat va e’tirof;
  • muloqot va tengdoshlar tomonidan qabul qilinishi;
  • oʻz fikrini ishonch bilan himoya qilish qobiliyati;
  • oʻzini ijodiy namoyon qilish va oʻzini oʻzi anglash;
  • hayotiy maqsadlarni belgilash.

Agar boʻshliqlarni koʻrsangiz, ularni toʻldirishda farzandingizga yordam bering. Muloqot qilishdagi, e’tibor yetishmasligidagi kamchiliklarni oʻzingiz tuzatishingiz mumkin. Shu bilan birga ota-onalar oiladan uzoq boʻlgan ehtiyojlarga ham ta’sir oʻtkazishlari mumkin (oʻzini ifoda etish yoki tengdoshlari tomonidan qabul qilinishda).

Boshlanishiga “Buncha yomon dugonang bor-a”, “Hech qachon bu bolalar bilan aloqa qilma”, “Ijtimoiy tarmoqlarda oʻtirma, aks holda telefonni olib qoʻyaman" kabi iboralarni ishlatishni toʻxtatish kifoya. Ota-onaning bunday nazorati, bolaning tengdoshlari bilan aloqasiga bevosita ta’sir qiladi. Agar bolaning oʻzi hech kim bilan muloqot qilmasa, uni kurslarga, bolalar lagerlariga, guruhli psixologik treninglarga olib boring.

Agar ota-ona oʻsmirning tashvishlari sababini koʻrmasa yoki vaziyatni toʻgʻirlay olmasa, uni mutaxassisga olib borish vaqti kelgan hisoblanadi. Bola psixologga borishni xohlamay rad etyaptimi? U holda psixologga oʻzingiz borib keling. Mutaxassis siz orqali vaziyatni koʻrib chiqishi va bolaga qanday yordam berishingizni taklif qilishi mumkin.

Oldingi