O‘quvchiga maktab formasi kerakmi?

Keyingi vaqtlarda ota-onalarda, jamoatchilikda, ijtimoiy tarmoqlarda maktab formasi masalasida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir, o‘quvchi maktabga formada kelishi o‘zaro tenglikni ta’minlaydi desa, kimdir bolaga forma kiymaslikka ruxsat berish kerak deb hisoblaydi.

O‘quvchi uchun maktab formasi kerakmi? Ha, chunki maktab formasi bolaga o‘quvchi ekanligini anglatish bilan birga, unga ta’lim olishda tenglikni, sharafni va mas’uliyatni yuklaydi va ayniqsa tarbiyada juda zarur omil hisoblanadi.

O‘zbekistonda maktab formasiga qo‘yilgan talablar qanday va forma kiyish majburiymi?

Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari hamda  davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom  tasdiqlangan.

Shuningdek, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab maktablarda o‘quvchilar tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari majburiy etib belgilangan. Hozircha ushbu forma ixtiyoriy amalda.

O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun ota-onalar mas’ul hisoblanadi.

Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

Oldingi Keyingi