Bola koʻp vaqtini ekran qarshisida oʻtkazyapti: qanday yoʻl tutish kerak?

Ekran vaqti nima? Bu vaqt televizor, smartfon, kompyuter yoki planshetlardan foydalanishda, hamda video oʻyinlarni oʻynash vaqtida ekran yonidagi vaqtni oʻz ichiga oladi.

Statistikaga koʻra oʻsmirlar kuniga 4 soat vaqtlarini ekran qarshisida oʻtkazadilar. Muammo keyinchalik nafaqat smartfonlarsiz noqulayliklar kelib chiqishida balki diqqatni jamlashning qiyinlashib borishida ham kuzatiladi. Har safar oʻyinlar qoʻyilganda yoki ijtimoiy tarmoqda vaqt oʻtkazganda bola chalgʻiydi. Darsga va uy vazifalariga diqqatni jamlashga qiynaladi. JSST bolalarga kichik yosh paytidan oʻrgatilgan sogʻlom odatlar, ularning keyingi hayotida semirib ketish va boshqa kasalliklarning oldini olish uchun ulkan ahamiyatga ega boʻlishini taʼkidlaydi. Aynan shuning uchun ekran vaqtini har kuni qisqartirib borish kerak.

JSST birinchi marta ishlab chiqqan tavsiyalarga koʻra, ikki yoshdan toʻrt yoshgacha bolalar uchun ekran vaqti bir kunda bir soat bilan cheklanishi kerak, bu vaqt qancha kam boʻlsa – shuncha yaxshi. Tavsiyalarda, kichik yoshli bolalar butun kun davomida jismoniy faol boʻlishi, bunda ular uyquga yaxshi toʻyishi shartligi alohida taʼkidlanadi. Bola bilan ochiq havoda sayr qilish juda foydali boʻladi.

Olimlar, ekran yonidagi vaqt bolalarning bir-biri bilan, hamda oʻz yaqinlari bilan muloqotda boʻlishi imkoniyatlarini kamaytiradi, deb ta’kidlaydilar. Bu muloqot ularning ijtimoiy va emotsional rivojlanishi uchun oʻta muhim hisoblanadi. Shuningdek, ekran vaqti miyaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, degan fikrlar ham bor.

Biz qilishimiz kerak boʻlgan ishlardan biri — bolalarga faollik talab qiluvchi oʻyinlarni oʻynashlari uchun sharoit yaratishimiz. Hech qanday smartfon hech qachon bola uchun oilasi bilan, yoki atrofdagilari bilan jonli muloqotning oʻrnini bosmaydi. Bolalarga harakatli oʻyinlarni oʻrgatish, ularda kitobga muhabbat uygʻotish kerak. Ularga birga konstruktorlarni yasashni, stol atrofida turli xil oʻyinlar oʻynashni yoki san’at bilan shugʻullanishni taklif qilish mumkin. Tabiiy fanlar haqidagi yoshi chegaralanmagan kitoblarni birga oʻqib boring — kitob oʻqish oʻzaro munosabatlarni mustahkamlaydi va dunyoqarashni kengaytirishga yordam beradi.

Oldingi Keyingi