Bola nega yolg‘on gapiradi ?

Farzand tarbiyasi o‘ta murakkab vazifadir. Ba’zan biz ota-onalar farzandlarimizga me’yoridan ortiq qattiqqo‘llik qilamiz, natijada ularning yolg‘on gapirishiga sharoit yaratamiz.

Psixologlarning ta’kidlashicha, yolg‘onning ildizida qo‘rquv yotadi. Bolaning yolg‘on gapirishi – ota-ona tarbiyada juda ham qattiqqo‘l ekanidan dalolat.

O‘smirlik yoshida ham bola ko‘p yolg‘on gapirishi mumkin, chunki afsuski, ko‘p ota-onalar o‘z bolalarini qabul qila olmaydilar. Ota-onasi qo‘ygan taqiqlar sababli o‘smirlar yolg‘on gapirishga majbur bo‘lishadi.

Boladan nimanidir bajarishini yoki bajarmasligini so‘ralganida injiqlik qilsa, ota-ona avvalo o‘zi uchun aniqlik kiritib olishi kerak: maqsad shunchaki bolaga o‘z aytganini qildirishmi yoki haqiqatan ham bola uchun foydali narsa talab qilinayaptimi?

Qattiqqo‘llik har doim ham bola tarbiyasida ijobiy bo‘lavermaydi, aksincha, bolada o‘ziga nisbatan ishonch yo‘qolishiga olib keladi va qo‘rquv uni yolg‘on gapirishga undaydi.

Shu bois ota-onalarga bu borada bir necha tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:

  1. Farzandingiz bilan muloqotda unga nima yaxshi ekanligi yoki nima yomon ekanligini doimo aniq tushuntirishga harakat qiling

2. Farzandingiz bilan doim do‘stona munosabatda bo‘ling, ayniqsa, o‘smirlik davrida u bilan yaqin bo‘lishga harakat qiling.

3. Farzandingiz sizga o‘z muammolarini aytishiga imkon bering va unga to‘g‘ri yechim ko‘rsatishga harakat qiling.

4. Agar farzandingizning yolg‘on gapirayotganini sezsangiz, unga darhol tanbeh bermang, yolg‘on gapirayotganigini bilayotganingizni xatti-harakatlaringiz orqali tushuntirishga harakat qiling.

5. Bolangizni o‘ziga va sizga bo‘lgan ishonchining ortishiga ko‘maklashing, shunda u yolg‘on gapirmaslikka harakat qiladi.

6. Farzandingizga yolg‘on gapirish tengdoshlari orasida ishonchsizlikni keltirib chiqarishini, unga hech kim do‘st bo‘lmasligini tushuntiring/

7. Unga yolg‘onchilikning oqibati har doim yomonlik bilan tugashini tushuntiring.

Oldingi Keyingi