Farzandlaringizga oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlishlarida qanday yordam bera olasiz? (1-qism)

Ota-onalar farzandlari oʻrtasida oʻzaro yaxshi munosabatlarni rivojlantirish va ular oʻrtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishda asosiy rol oʻynaydi. Ota-onalar farzandlarini birgalikda hayotdan zavq olishga undashlari, jamoa boʻlib ishlashga yordam beradigan faoliyatlarni ragʻbatlantirishlari va ularga nizolarni hurmat bilan hal qilish usullarini oʻrgatishlari mumkin.

Bolalarni tarbiyalash va oilaning jamoaviy ruhini mustahkamlashga yordam beradigan ba’zi maslahatlarni quyida bilib olishingiz mumkin.

● Farzandlaringizni solishtirmang.

Avvalo, “Nega akangdek/opangdek quloq solmaysan?” yoki “singling senga oʻxshab gapirmaydi” kabi gaplarni aytmaslikka harakat qiling. Bolalarni bir-biri bilan taqqoslash orqali siz oʻzingiz bilmagan holda ular oʻrtasidagi raqobat olovini yoqib yuborishingiz mumkin.

● Farzandlaringizni bir-birini hurmat qilishga va qabul qilishga oʻrgating.

Agar bir farzandingiz jimjitlikda oʻqishni yaxshi koʻrsa-yu, ikkinchisi baland musiqani yaxshi koʻrsa qanday yoʻl tutish mumkin? Agar bolalarning tabiatlari va qiziqishlari farqli boʻlsa, ular oʻrtasida nizolar paydo boʻlishi mumkin.

Bolalarni bir-birini hurmat qilish va qabul qilishga oʻrgatish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ularning e’tiborini haqiqatan ham muhim boʻlgan narsalar, masalan, mehr, hurmat va doʻstlik kabilarga qarating. Agar bolalarning fikrlari bir biridan farq qilsa, ular bir-biriga halaqit bermagan holda oʻz ishlari bilan mashgʻul boʻladigan reja tuzishingiz yoki bolalarning birgalikda vaqt oʻtkazishlari uchun umumiy qiziqishlarini topishingiz mumkin.

● Uy yumushlarini birga qilishlariga qoʻyib bering.

Bolalar kattalarga oʻxshashni juda ham xohlashadi. Demak siz ular oʻzlarini uyda kattalar kabi his qilishlari uchun shunday vazifalarni oʻylab topishingiz mumkin va kim oʻz ishini tezroq qila olishini nazorat qilishingiz lozim. Masalan, ulardan uy tozalashlarini yoki kechki ovqat tayyorlashga yordam berishlarini soʻrang.

Oldingi