Oʻsmirlar nega telefonga bogʻlanib qolishadi?

Zamonaviy bolalar maktabdan keyin qoʻshimcha darslar, toʻgaraklar va repetitorlar uchun shoshiladilar. Ular deyarli boʻsh vaqtga ega emaslar, qolaversa, boʻsh vaqtlarining aksariyati kattalar nazorati ostida oʻtadi.

Internet oʻzini erkinroq his qilish imkoniyatini beradi, virtual dunyo — “bu men uchun kerakli narsani emas, balki nimani yoqtirsam shuni qilishim mumkin boʻlgan joy” deb qabul qilinadi. Bolaga nisbatan talablar qanchalik qattiq va katta boʻlsa, virtual dunyoga kirib ketish imkoniyati shunchalik kuchayadi.

Haddan tashqari axborot yuki ham chalgʻishga, oʻyinlarga va oʻyin-kulgiga ega boʻlgan kontentga oʻtib ketishga sabab boʻladi. Aytgancha, bu jarayon kattalarda ham kuzatilishi mumkin, biz charchoqni his qilsak va tetiklanib olishga ejtiyoj sezsak, telefonda osongina “oʻtirib qolamiz” va ish resursimiz tugab qoladi. Muammo shundaki, telefonda “oʻtirib qolish” tabiatda dam olish yoki doʻstlar bilan muloqot qilishdek haqiqiy tetiklanish imkonini bermaydi, aksincha, asab tizimi yanada toliqadi, charchoq va asabiylik kuchayadi.

Jonli muloqotning va doʻstlarning yetishmasligi, ijtimoiy tarmoqlar va har qanday internet guruhlari bilan qoplanadi. Internetda muloqot qilish va yangi tanishlar orttirish juda oson, inson oʻzini har qanday hayoliy qahramon sifatida tanishtirishi mumkin, jasur va ishonchli boʻlib koʻrisnishi mumkin.

Internet-muloqotda oʻsmir guruhga tegishliligini his qilishi osonroq, chunki ijtimoiylashuv oʻsmirlik davrining asosiy vazifalaridan biri boʻlib, tengdoshlar bilan muloqot qilish va hokimiyatni qoʻlga kiritish birinchi oʻrinda turadi.

Bolalarga telefonga qaramlik va uning oqibatlari haqida aytib bering. Ularga bu odat semirib ketish va diqqatni buzishga olib kelishini tushuntiring. Eng yaxshi yechim — internetda boʻlish vaqtini chegaralab, aniq va tushunarli qoidalarni belgilashdir. Misol uchun, agar vazifalar bajarilsa, kuniga internetga ikki-uch soat sarflashga ruhsat berish mumkin. Bolani qiziqishning yetishmasligida ayblashdan koʻra uning vaqtini tartibga solib bergan ma’qul.

Telefonga qaramlik bilan kurashishning muqobil va mukammal usuli bolaning oʻziga xos afzalliklari va istaklarini inobatga olgan holda turli toʻgaraklarga olib borishdir. Juda koʻp unutilmas taassurotlar beruvchi turli konstruktsiyalar, stol oʻyinlari yoki ijodkorlik uchun toʻplamlar ham bunda katta yordam berishi mumkin.

Oldingi Keyingi