“Ota-onamning janjali bir necha haftadan beri quloqlarim ostida jaranglaydi.” Ota-onalar janjallashganda oʻsmirlar nimani his qiladilar.

Oilaviy munosabatlar qanchalik sogʻlom boʻlmasin, ba’zida ota-onalar oʻrtasida tushunmovchiliklar boʻladi. Vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan kelishmovchiliklar odatda bolalarga ta’sir qilmasligi mumkin, ammo jiddiy nizolarning shubxasiz ta’siri bor.

Sizning janjallaringiz bolalaringizga qanday ta'sir qilishi mumkin:

  • Ular bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini tushirib yuborishi mumkin. Janjallar bolalarning oilasi barqaror ekanligiga ishonch hissini kamaytiradi. Ota-onasi tez-tez janjallashadigan bolalar doimo ularning ajrashishi haqida tashvishlanishlari mumkin.
  • Janjal ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarga ta’sir qilishi mumkin. Ota-onalar uchun ziddiyatli vaziyatlar ham stressdir. Stressga uchragan ota-ona esa farzandi bilan yetarlicha vaqt oʻtkaza olmaydi. Bundan tashqari, ulardan biri boshqasidan xafa boʻlganda, farzandlariga iliq va mehribon boʻlishlari qiyin boʻlishi mumkin.
  • Tez-tez janjalning guvohi boʻlgan bolalarda, bu holat juda koʻp stressni keltirib chiqaradi. Stress ularning jismoniy va psixologik farovonligiga ta’sir qilishi va normal sogʻlom rivojlanishiga xalaqit berishi mumkin.
  • Bolalar oiladagi kelishmovchiliklarga oʻrganib qolgan boʻlsalar, katta boʻlganlarida sogʻlom munosabatlarni saqlab qolish qiyin boʻlishi yoki hayotda kimga ishonishi va kimga ishonmasligini aniqlashi qiyin boʻlishi mumkin.
  • Bolada uyqu muammolari, oshqozon ogʻrigʻi yoki bosh ogʻrigʻi kabi boshqa oqibatlar ham kuzatilishi mumkin.

Albatta, barchamiz bolalarni mojaro garoviga aylantirmasdan, tinch va totuvlikda yashashini xohlaymiz. Lekin biz tushunmovchiliklar hammada ham boʻlib turishini bilamiz. Har bir insonda uzoq vaqt davomida ichkarida yigʻilib qolgan negativ bor, uni ushlab boʻlmaydi. Ammo ota-onalar farzandlari ularning ziddiyatlariga guvoh boʻlmasliklarini ta’minlashlari lozim. Bu bolalarga salbiy ta’sir koʻrsatadi.

Keyingi