Qanday qilib oʻsmirga qimmatbaho narsalarni sotib olib berolmasligimizni tushuntirish va buning ustida urushib qolmaslik mumkin?

Oʻsmirlar koʻpincha kattalar uchun tushunarsiz boʻlgan istak va didga ega boʻladilar, masalan, ayrim qimmatbaho narsalarni orzu qiladilar. Ularning fikrini e'tiborsiz qoldirmaslik va shu bilan birga oʻzimizning fikrimizni yetkazish uchun ular bilan qanday gaplashish kerak?

Avvalo, ota-onalar voyaga yetgan bolasi uchun guruhning bir qismi boʻlish va u orqali oʻzini ifodalash qanchalik muhimligini yodda tutishlari kerak. Bu ma’lum narsalarga, muayyan kiyimlarga, tashqi koʻrinishdagi turli elementlarga egalik qilish orqali sodir boʻlishi mumkin. Oʻsmirlar uchun doʻstlari orasida ajralib turishi qoʻrqinchli boʻlishi mumkin, ammo shu bilan birga, aynan shu yoshda ular “men kimman?” deya oʻz-oʻzini aniqlab olishi kuzatiladi.

Haddan oshiq istaklar haqida suhbatlashganda gapni "men-bayonot qilyapman" qabilida birinchi shaxsdan oʻz fikrlari va tajribalari haqida gapirish orqali ota-ona farzandiga oʻzini ifoda qilish namunasini koʻrsatadi. Masalan:

  • “Brendli narsalar orqali boshqalarga oʻxshashni juda xohlayotganingdan xavotirdaman”;
  • “Men sening individualligingni unutmasligingni, oʻz uslubingni topishingni istardim”;
  • “Men pulni qayerga va nimaga sarflashimizni muhokama qilishni taklif qilaman”;
  • “Menimcha, aynan shu miqdorga pulni ... narsaga sarf qilsak yaxshi boʻlardi”.

Gap eng muhim xaridlar haqida boʻlmaganda, oʻsmirga brend buyumlarni olib berishmi yoki oʻzingiz xohlagan narsalarni olishmi, oʻzi tanlov qilishini soʻrang. Agar uning oʻz pullari boʻlsa (masalan, ishlagan yoki jamgʻargan, qarindoshlari tomonidan sovgʻa qilingan), tanlovni oʻzi qilishi mumkin va hatto siz yoz fasli uchun butun garderobini yangilashingiz mumkin boʻlgan miqdordagu pulni bittagina krossovkaga sarflashi mumkin. Uning xohish-istaklarini kamsitmang va buning uchun uni qoralamang.

Oʻsmir endi kichkina bola emas, u oʻz pozitsiyasini, qadriyatlarini, fikrini shakllantiradi hatto ota-onasi bilan ziddiyatga ham borishi mumkin. Oʻsmir bilan uning fikrini hurmat qilib gaplashing, shunda siz bir-biringizni eshitishingiz va koʻp narsalar, jumladan, xarid qilish bilan bogʻliq masalalarda murosaga kelishingiz ehtimoli koʻproq boʻladi.

Oldingi Keyingi