Raqamli asrda bola tarbiyasida nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Har bir harakatlarimiz zamirida farzandlarimizni baxt-u iqboli, farovon kelajagi maqsad qilib qo‘yilgan. Farzand — oilada  ulg‘ayadi, kamol topadi.

Bir necha arslar avval bir faylasuf: «Hozirgi yoshlar juda buzilib ketgan: kattalarni hurmat qilishmaydi, ovqatni betartib yeydi, ustozlarini hurmat qilishmaydi», degan ekan. Demak, hamma davrlarda odamlar shunday fikrda bo‘lgan.

Bolani zamonaviy narsalardan cheklash emas, balki maqbul darajada ishlatishga ruxsat berish kerak. Telefon ishlatishni, internetdan foydalanishni butkul taqiqlash o‘rniga, bu narsalardan foydalanishni o‘rgatish va ma’lum cheklovlar qo‘yib (bunga maxsus dasturlar yordam beradi) ruxsat berish zarur.

Shu bilan birga, ota-ona ham farzandlari kabi zamon bilan hamnafas bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bola TikTokni kuzatyaptimi, u qanaqa ilovaligini siz ham bilishingiz, uning foyda va zararlarini bola bilan muhokama qilishingiz mumkin. Ayrim holatlarda bola o‘zi xato qilib, xatolaridan o‘rganishi ham mumkin.

Farzandingizni hafa qilmang.

Ota-ona farzandlarni o‘zaro taqqoslashi, adolatsiz bo‘lishi, ularga ishni teng taqsimlamasligi aka-uka, opa-singillar o‘rtasidagi janjalga sabab bo‘lishi mumkin. Farzandlar o‘rtasida adolat qilinishi bunday adovatlarning oldini oladi. Ota-onalar ko‘pincha farzandlariga qattiq ta’sir qiluvchi gaplar aytishidan uchta maqsad ko‘zlanadi: uyat his qildirish, qo‘rqitish, aybdorligini sezdirish. «Tengdoshing eplayapti, sen esa...», «Seni bobongnikiga jo‘natib yuboraman» kabi gaplar bilan qo‘rqitish foydasiz va aksincha, zararli. Bu – bolaning o‘ziga ishonchi yo‘qolishi, rishtalar uzilishiga olib keladi.

Oldingi Keyingi