Strees nima?

Stress — insonning tashqi ta’sirlarga boʻlgan reaksiyasi. Bunday vaziyatga tushgan kishilarga nisbatan: “U asabiylashdi — deb aytamiz. “Asabiylik – deganimizda “stress tushunchasini nazarda tutamiz. Stress insonlar hayotiga, xulq-atvoriga, ish qobiliyatiga, atrofdagilar bilan oʻzaro munosabatlariga va eng muhimi sogʻligʻiga ta’sir koʻrsatadi.

Stressga duchor boʻlgan insonlarning arzimas narsaga kayfiyatlari buzilaveradi, boʻlar-boʻlmasga qizishib, tutaqib ketadilar, zardasi tez, jizzaki boʻlib qoladilar. Salbiy ta’sirga tez beriluvchan, jahldor va tez charchashga moyil boʻladilar. Stressga chalingan odamning asabi tez-tez buziladi, zoʻriqish, qattiq charchash, tunlari kam uxlash, yigʻloqilik, bezovtalik holatlari kuzatiladi.

Ruhiy zoʻriqish yurak urishini tezlashtiradi. Dastlabki ruhiy zoʻriqishning belgisi uyqu buzilishidir. Kishi tun yarmida uygʻonib, qayta uxlolmaydi. Ertalablari uyquga toʻymaganini his qiladi, charchab turadi, ishtahasi yoʻqoladi.
Hayotda turli sabablar bilan uchraydigan stress holatlarini har doim ham chetlab oʻtishning imkoni yoʻq. Ammo stress omillarini minimal darajagacha kamaytirish, koʻproq dam olish va diqqatni ijobiy hissiyotlarga qaratishga harakat qilish kerak.

Oldingi Keyingi