1 Что такое корь.png

Qizamiq bu nima?

Qizamiq bu virus keltirib chiqaruvchi juda yuqumli kasallik. Ba’zi odamlar qizamiqni isitma chiqaradigan va bir necha kun ichida oʻtib ketadigan arzimas toshma deb oʻylashadi, ammo qizamiq, ayniqsa, 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning salomatligiga iddiy zarar keltirishi mumkin.

Qizamiqning keng tarqalgan belgilari:

  • yuqori isitma;
  • yoʻtal;
  • burun oqishi;
  • koʻz qizarishi, koʻzlardan yosh oqishi (kon’yunktivit);
  • toshma (alomatlar paydo boʻlishi boshlanganidan 3-5 kun oʻtgach).

Qizamiq bilan ogʻrigan har 1000 kishidan 1 nafarida miya shishi paydo boʻladi, bu esa miya shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Qizamiq bilan ogʻrigan 1000 kishidan 1-3 nafari, hatto eng yaxshi parvarish koʻrsatilganda ham vafot etadi. Farzandingizda mumkin boʻlgan alomatlarning jiddiyligini oldindan aytishni hech qanday ilojisi boʻlmaydi.

Qizamiqdan eng yaxshi himoya bu qizamiq-parotit-qizilchaga (KPK) qarshi emlanishdir.

Keyingi