Qizamiq qanday tarqaladi?
Qizamiq juda yuqumli. Qizamiq odam yo‘talganida yoki aksirganida havo orqali tarqaladi. Bu kasallik shunchalik yuqumliki, agar bir odamda kasallangan bo‘lsa, uning atrofidagi 10 kishidan 9 tasiga (ular himoyalanmagan bo‘lsa) yuqadi.
Farzandingiz qizamiq bilan kasallangan odam bo‘lgan xonada, hatto kasallangan odam xonani tark etganiga ikki soat o‘tgan bo‘lsa ham qizamiq bilan kasallanishi mumkin.
Qizamiq bilan kasallangan odam bu kasallik bilan og‘riganini o‘zi bilguniga qadar, ya’ni qizamiq toshmasi paydo bo‘lishidan to‘rt kun oldin va to‘rt kun keyin ham boshqalarga kasallikni yuqtirishi mumkin.
Qizamiq hali ham dunyoning ko‘p joylarida keng tarqalgan. Sizning oilangiz chet elga sayohat qilmasa ham, siz jamiyatingizning har qanday joyida qizamiq bilan kasallanib qolishingiz mumkin. Qizamiqni O‘zbekistonga emlanmagan sayohatchilar boshqa mamlakatlarda bo‘lganlaridan keyin o‘zlari bilan olib kelishi mumkin.
Qizamiqdan emlanmagan har bir kishining salomatligi xavf ostida.