Qizamiqdan keyingi asoratlar
Qizamiq jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Ba’zi odamlar pnevmoniya va ensefalit (miya shishishi) kabi ogʻir asoratlardan aziyat chekishi mumkin. Buning natijasida ular kasalxonaga yotqizilishi va hattoki vafot etishi ham mumkin.
Pnevmoniya. Qizamiq bilan kasallangan har 20 boladan 1 nafari pnevmoniya bilan kasallanadi, bu esa yosh bolalarda qizamiq asorati tufayli oʻlimning eng keng tarqalgan sababidir.
Ensefalit. Qizamiq bilan kasallangan har 1000 boladan 1 nafarida ensefalit (miyaning shishishi) rivojlanadi, bu esa talvasaga olib keladi va bolani kar yoki aqliy zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
Oʻlim. Qizamiq bilan kasallangan har 1000 bolaning 1-3 nafari kasallik asorati boʻlmish zotiljamdan vafot etadi.
Homiladorlik davridagi asoratlar. Qizamiq, KPK vaksinasini olmagan homilador ayollar muddatidan oldin tugʻishiga yoki kam vaznli chaqaloq tugʻilishiga olib kelishi mumkin.