4 Вакцина от кори.png

Qizamiqqa qarshi vaksina

Qizamiqdan eng yaxshi himoya bu qizamiq-parotit-qizilchaga (KPK) qarshi emlanishdir. KPK vaksinasi qizamiqning barcha shtammlaridan uzoq muddatli himoyani ta’minlaydi.

Farzandingiz himoyasini ta’minlash uchun milliy emlashlar taqvimiga muvofiq KPK vaksinasining ikki dozasi bilan emlanishi kerak.

1963-yilda qizamiqqa qarshi vaksina va keng tarqalgan emlash kiritilishidan oldin, har 2-3 yilda bir marotaba katta epidemiyalar bo‘lgan. Har yili dunyoda 2,6 million kishi qizamiqdan vafot etgan.

2018-yilda dunyo bolalarining qariyb 86 foizi tug‘ilgan vaqtidayoq muntazam tibbiy yordam ko‘rsatish orqali qizamiqqa qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan. 2000-yildan 2018-yilgacha butun dunyo bo‘ylab qizamiqqa qarshi emlash natijasida 23,2 million o‘limning oldi olindi.

Qizamiq hali ham dunyoning ko‘p joylarida keng tarqalgan. Farzandlaringiz salomatligini xavf ostiga qo‘ymang! Emlashlar Milliy taqvimi asosida, ularni o‘z vaqtida emlating!

Milliy emlash taqvimiga kiritilgan barcha emlashlar bepul.

01_2.png

Oldingi