Suvning inson hayotidagi ahamiyati haqida foydali ma’lumotlar

  1. Odamzod ovqatsiz olti hafta yashashi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq yashay olmaydi.
  2. Bir kub santimetr dengiz suvi tarkibida 1,5 gramm oqsil va yana ko‘plab vitaminlar bor.
  3. Agar kuniga besh stakandan ortiq suv ichsangiz, yurak xuruji xavfi ortga chekina boshlar ekan. Bunday foydali suv esa filtrlangan ichimlik suvi hisoblanadi.
  4. Amerika mutaxassislari ozish uchun suv parhezini mijozlarga tavsiya qilishadi. Agar odam kuniga 2,5 litrdan suv ichsa, ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Qanday qilib deysizmi? Masalan, odamning qorni ochganda, organizm miyaga shu haqda signal yuboradi va biz darhol ovqat yeyishni boshlaymiz. Agar yuqoridagi miqdorda suv ichsak, u ishtahani bo‘g‘adi va natijada ortiqcha vazn yo‘qola boradi. Lekin buning uchun kofe yoki choy emas, aynan suv ichish lozim.
  5. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, depressiyadan xalos bo‘lish, asabni tinchlantirish uchun ba’zan bir stakan suv ichish kifoya qilarkan.
  6. Tibbiyotchilarning aytishicha, suv qon bosimini tushirishda yordam beradi. Agar oyoqlar, qo‘llar shishib ketsa, shishni yo‘q qilish uchun iloji boricha ko‘proq suv ichish kerak ekan.
  7. Eng sersuv mahsulot bu tarvuzdir. Tarvuzning 93% qismi suvdan iborat bo‘ladi.
  8. Dunyoda eng ko‘p foydali moddalarni o‘zida jamlagan suv bu quduq suvi hisoblanadi. Inson o‘z qo‘li bilan bunday aralashmani tayyorlay olmaydi.
  9. Tanamizdagi suv miqdori atigi 2 foizga qisqarsa, aqliy imkoniyatlarimiz 20 foizga qisqarib ketarkan.
  10. Dunyo bo‘yicha 1 milliard 100 million odam toza ichimlik suvi ichish baxtidan mahrum. Shuning uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish juda muhim.