Qizlarni jasur bo‘lishga o‘rgating
Qiz bola tarbiyasi alohida mavzu. Albatta, ota-onaga farzand tarbiyasida oʻgʻilmi qizmi bir xil mas’uliyat yuklanadi, lekin, qizlarni tarbiyasiga yana-da alohida e’tibor qaratiladi. Zero, qizlar hayot davomchisi va ularda oʻziga boʻlgan ishonch va jasoratni tarbiyalash juda ham muhim.
Tadqiqotchilar 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan qizlar va ularning ota-onalarini kuzatganlar. Tadqiqotning muhim bir xulosasi shuni koʻrsatadiki, 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan qizlarning oʻzlariga boʻlgan ishonch darajasi nisbatan 30% past boʻlib, ularing yoshi 14 yoshga toʻlganda bu koʻrsatkich pastligi darajasi juda yuqoriga chiqqani aniqlangan. Ayni oʻsha yoshdagi oʻgʻil bolalarning oʻziga boʻlgan ishonchi esa qizlarnikidan 27% yuqori.
Oʻsmir qizlar hayotda va jamiyatda, maktab va oilada turli jihatli muammolarga uchraydilar va bu ularning oʻzlariga boʻlgan ishonchini tushurib yuboradi. Xoʻsh, buni qanday qilib hal qilish mumkin?
Yosh qizlarni kuchli ayollar qilib tarbiyalash uchun ayollarning oʻzlari yaxshi ijtimoiy oʻrnak boʻlishlari kerak. “Qizlarimiz oʻz qadrini bilishlari uchun, biz oʻzimizni qadrlashimiz kerak” degan shior bilan yashash kerak. Ikkinchidan, qizlar oʻzlariga boʻlgan ishonch darajalarda, fikrlashda, his-tuygʻularda va xatti-harakatlarda qanday ifoda etilishini koʻrishlari kerak. Uchinchidan, qizlar san’atmi, ilm-fanmi, dasturlash yoki sportmi — qaysi soha boʻlsa ham, asosiysi, oʻzlari istagan va yoqtirgan mashgʻulotlar bilan shugʻullanishlariga sharoit yaratib berish kerak. Toʻrtinchidan, ruhiy tushkunlik, xavotir va boshqa emotsional masalalarni hal qilishda psixologik strategiyalarni ishlatish kerak. Shu tariqa, ota-onalar qizlarini oʻziga ishongan va muvaffaqiyatli shaxs boʻlishlariga yordam berishlari mumkin.
Kundalik bajariladigan mashgʻulotlardan tashqari ota-onalar qizlari uchun notanish va “xavfli” boʻlgan vazifalarni bajarishini ham qoʻllab-quvvatlashlari kerak. Masalan, maktabga oʻzi mustaqil borishiga imkoniyat berish mumkin. Qizlarga koʻproq jasorat berish uchun, bundan oldin sodir boʻlgan biroz xayajonli hodisalarni misol qilib, “Sen buni oldin ham bajargansan! Endi buni eplay olasan!” kabi ijobiy gaplardan foydalanish kerak.
Muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqmaslik kerak: har bir qiz muvaffaqiyatsizlikni yengi oʻtishni, uni hayotning bir qismi va jarayoni deb bilishni va bundan keyin qayta oyoqqa turishni, ya’ni, tiklanishni oʻrganishi zarur.