Illustration_8

Emlashni rad etadigan o’smir farzandlarni emlashga ishontirish uchun ota-onalarga maslahatlar.

1-maslahat: Tinglang: Bolaning fikrini o’zgartirishning eng yaxshi usuli – birinchi navbatda uning qo’rquvini tinglash. Farzandlaringizga savollar bering va ular nima uchun emlashni rad etishlarini tushunishga harakat qiling.

2-maslahat: Xayrixohlik bildiring: Agar o’smir farzandingiz ukoldan qo’rqsa, siz unga shunday aytishingiz mumkin: hech kim ukolni yoqtirmaydi, ammo ukol osonlikcha toqat qilinadi, chunki igna juda ingichka. Tibbiy muolajalar oldida siz o’z hayajoningizni qanday jilovlashingiz to’g’risida aytishingiz mumkin. Va agar o’smirning emlashdan qo’rquvi katta bo’lsa, bu haqida hamshira yoki shifokorga xabar bering.

O’smirga emlash, kelajakda infektsiya ta’siriga uchraganda, inson organizmini himoya qiladigan faqat bir dona ukol ekanligini tushuntirish foydali bo’ladi. Emlanmagan odamni esa, unga biron kasal yetganda, davolash uchun ko’plab ukol qilishga to’g’ri keladi.

Shuningdek, bolaga emlanmaslik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar haqida aytib berishingiz mumkin. Misol uchun, qizamiqga qarshi emlanmagan odamlar erta yoshda kasallikni yengil shaklda o’tkazganlari qayd etilgan holatlar mavjud. Ammo 10-15 yil o’tgach, bu kasallikning oqibatlari ularda jiddiy asoratlar ko’rinishida namoyon bo’lgan.

3-maslahat: Agar farzandingizda qo’rquv nojo’ya ta’sirlar bilan bog’liq bo’lsa, unga organizmning emlashga bo’lgan reaktsiyasi – yengil xolsizlik, tana haroratining vaqtinchalik ko’tarilishi, ukol joyida og’riq – butunlay odatiy hol ekanligini va organizmda immunitet rivojlanayotganligiga dalolat qilishini ayting.

Ilgari, haqiqatan ham ba’zi vaktsinalardan jiddiyroq nojo’ya ta’sirlar kuzatilgan – masalan, emlash bilan bog’liq poliomielit. Shuningdek, sanitariya me’yorlarining yetarli darajada yuqori bo’lmaganligi sababli, ba’zida emlash paytida texnik xatolar sodir bo’lgan – jarohatlarga infektsiya tushishi, ampulalarni saqlash qoidalariga rioya etmaslik tufayli vaktsinaning o’zi kontaminatsiya bo’lishi (ifloslanishi).

Zamonaviy vaktsinalar esa – yangi avlod vaktsinalari – issiqlikka bardoshli (kontaminatsiya xavfisiz 1 oy davomida saqlanishi mumkin) va xavfsiz: ularning barchasi xavfsizlik yuzasidan puxta sinovdan (prekvalifikatsiyadan) o’tadi va qo’rqmasdan qo’llanilishi mumkin. Vaktsinalarga nojo’ya reaktsiyalarning barcha holatlari butun dunyo bo’ylab kuzatib boriladi va to’plangan ma’lumotlar vaktsinalarni doimiy ravishda takomillashtirish uchun ishlatiladi.

O’zbekistonda faqat Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining sifat, xavfsizlik va samaradorlik bo’yicha jiidiy saralash jarayonidan o’tgan vaksinalar qo’llaniladi. Mamlakatimizga barcha vaktsinalar UNICEF orqali yetkazib beriladi.

4-maslahat: Eng muhim narsani ta’kidlang: emlash insonni ma’lum bir infektsiyaning tanaga kirishi natijasida yuzaga keladigan asoratlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Misol uchun, qizamiqga qarshi vaktsina ixtiro qilingandan va keng joriy etilgandan so’ng, ushbu kasallikdan bolalar orasida og’ir asoratlar va o’lim holatlari bir necha bor kamaygan.

O’zbekiston Respublikasi Sanipedqo’mitasining vaktsinalar va emlash yuzasidan ma’lumot olish uchun rasmiy manbalar:

- internetdagi sahifa: emlash.sanepid.uz

- koll-markazi: qisqa raqam 1327 (qo’ng’iroq qilish bepul)

- Vaktsina logistikasi va immunoprofilaktika bo’limi boshlig’i: dilorom.tursunova@sanepid.uz

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Keyingi