Farzandim nima uchun bukchayadi?

Gavda bilan bogʻliq birinchi muammolar maktabgacha boʻlgan yoshda, bolani erta oʻtqizish yoki yuruvchi arava (xodunok)dan erta foydalanish tufayli paydo boʻlishi mumkin. Ammo, bu holat koʻpincha bolalik va oʻsmirlik davrida, ya’ni skeletning tez oʻsish davrida yuzaga keladi.

Bukchayishning asosiy sabablari:

  • Oʻsmirlar koʻp vaqtlarini kompyuter, telefon va maktab partalarida oʻtkazadilar. Oʻtirish turmush tarzi umurtqa pogʻonasini ushlab turadigan orqa mushaklarni zaiflashtiradi.
  • Bola tez oʻsishi tufayli, orqa mushaklar oʻsib borayotgan umurtqa pogʻonasi bilan choʻzilishga ulgurmay qoladi. Natijada gavdani tutishga kuchi yetmaydi.
  • Notoʻgʻri tashkil etilgan ish-oʻqish joyi, noqulay stol va stul umurtqa pogʻonasining egriligiga olib keladi.
  • Notoʻgʻri pozada uxlash, juda yumshoq toʻshak.
  • Psixologik sabablar – oʻsmirlar tez oʻsadi va yangi tashqi koʻrinishiga, boʻyiga koʻnika olmaydi, gavdasidan uyaladi, uni sezdirmaslikka harakat qiladi, natijada u ongsiz ravishda bukchayishni boshlaydi. Ba’zida tengdoshlariga nisbatan baland boʻyli bolalarda komplekslar mavjud boʻladi va ular vizual ravishda pastroq koʻrinishga harakat qilishadi.
  • Oyoqlarning shakllanishidagi buzilishlar – ularning notoʻgʻri bosilishi, yassi oyoqlar.
  • Umurtqa pogʻonasi qiyshayishining boshlangʻich davrida – bukchayish dastlabki belgilaridan biridir.
  • Boʻgʻimlarning gipermobilligi (egiluvchanligining oshishi) irsiy holat boʻlib, bunda umurtqa pogʻonasini toʻgʻri holatda ushlaydigan mushaklarni funksiyasi pasayashi kuzatiladi.
  • Oldingi bel jarohatlari e’tiborsiz va reabilitatsiya jarayonisiz qoldirilganda.
Oldingi Keyingi