Nima uchun ba’zi ota-onalar emlashdan voz kechadilar?

XX asrning 90-yillariga kelib bolalar huquqlari uchun harakatlarda yosh ota-onalar bunday emlashning afzalliklari bor-yoʻqligidan shubhalanishiga olib keldi. Shu bilan birga, fanning, jumladan, immunologiyaning rivojlanishi va tibbiy ta’limning yetishmasligi sogʻliqni saqlash xodimlarining vazifasini murakkablashtirdi, endi ular xavotirlangan ota-onalarga emlash xavfsizligini isbotlashga majbur edilar.

Vaksinalarning xavfsizligi toʻgʻrisida ma’lumot izlayotgan ota-onalar vaksinani qoʻllashdan keyin uchraydigan hali noma’lum boʻlgan jiddiy noxush hodisalar haqida xabarlarga duch kelishi mumkin.

Ba’zi ota-onalar vaksinalar juda koʻpligi yuzasidan tashvishlanishi mumkin. Ota-onalar ushbu vaksinalarning har biri kerakmi yoki yoʻqmi, bir vaqtning oʻzida bir nechta vaksina bilan emlash zarar keltirmaydimi, vaksinada ehtimoliy zararli tarkibiy qismlar mavjudmi yoki har bir vaksina qanchalik samarali ishlaydi degan savollarga javob izlab tashvishga tushishi mumkin.

Hozirgi vaqtda ota-onalar vaksina bilan oldini olish mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklarni o'z koʻzlari bilan koʻrmagan boʻlishi mumkin. Shuning uchun ularda vaksinalarning foydasi haqida shubhalar boʻlishi mumkin va ular emlashning xavf-xatarlari ushbu yuqumli kasalliklardan himoyalanishning afzalliklaridan ham ustun turishiga ishonishlari mumkin.

Koʻpincha ota-onalarni vaksinalarga ehtimoliy reaksiyalar yoki emlashdan keyingi nojoʻya ta’sirlar bezovta qiladi. Ayniqsa vaksinadan soʻng harorat ortishi, igna kiritilgan joyda qizarish yoki boshqa mahalliy reaksiyalar paydo boʻlishi qoʻrqitadi. Ba’zida emlashdan keyin bola oʻzini gʻayrioddiy tutishi kabi holatlar ularni xavotirlantiradi va bu holat normal hisoblanadi. Lekin bu xavotirlarning barchasi oʻrinsiz. “Bugungi kunda tavsiya etilgan barcha emlashlarni olish xavfli ekanligi haqida hech qanday dalil yoʻq. Har safar emlashni kechiktirar ekansiz, farzandingizning kasal boʻlish xavfini koʻpaytirasiz”, – deb ta’kidlaydi JSST.

Deyarli har bir kishi vaksina bilan emlanishi mumkin. Biroq, ma’lum kasalliklari va holatlari boʻlgan odamlar uchun ba’zi emlashlar taqiqlanadi yoki ular keyinroq muddatga qoldiriladi. Ushbu kasalliklar va holatlarga quyidagilar kiradi:

  • immunitet tizimini kuchsizlantiradigan surunkali kasalliklar yoki davolash usullari (masalan, kimyoviy terapiya);
  • vaksinalarning tarkibiy qismlariga boʻlgan oʻtkir va hayot uchun xavfli boʻlgan allergik reaksiyalar (lekin bu juda kam uchraydi);
  • emlash vaqtiga toʻgʻri kelgan ogʻir kasallik. Shunga qaramay, bunday bolalarni tuzalishi bilanoq emlash kerak. oʻrtacha holsizlik yoki subfebril (37 gradusdan oshmagan, odatdagiga yaqin) harorat emlash mumkin boʻlmagan holatlarga kiritilmaydi.
Oldingi