Emlash nima uchun kerak?
Emlashga qarshi boʻlganlar koʻpincha avvallari insonlarning koʻpchiligi qizilcha, qizamiq va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanganini eslashadi va ular bilan hech qanday dahshatli voqea sodir boʻlmaganini aytishadi. Aslida, bu infeksiyalardan keladigan asoratlar va oʻlim xavfi yuqori va faqat omon qolgan omadlilar haqida gapirish esa toʻgʻri emas.
- Vaksinaning paydo boʻlishidan avval, har yili taxminan 10 000 bolalar qizamiqdan kasalxonaga yotqizilgan va ulardan taxminan 70 tasi vafot etgan.
- Vaksinaning paydo boʻlishidan oldin pnevmokok kasalligi 4 000 000 gacha otit (quloq yalligʻlanishi), 120 000 gacha pnevmoniya (zotiljam), 30 000 sepsis va 25 000 meningit holatlarini keltirib chiqargan.
- Koriga qarshi vaksina paydo boʻlgunga qadar, har yili 100 000 atrofidagi kasallar shifoxonaga yotqizilgan va ulardan deyarli 5000 tasi vafot etgan.
- Rotaviruslar yosh bolalarda isitma, diareya va qayt qilishni keltirib chiqaradi, qolaversa kasallik bundan-da ogʻirroq kechishi mumkin (asosan suvsizlanish tufayli);
- bolalarni grippga qarshi emlashdan oldin har yili 100 ga yaqin oʻlim holati qayd qilingan. 2009-yilda H1N1 (choʻchqa grippi) pandemiyasi paytida butun dunyo boʻylab mingdan ortiq bola vafot etdi.
Chaqaloqning immun tizimi hali nozik boʻlgani uchun emlashni keyinga qoldirish kerak degan yana bir notoʻgʻri tushuncha ham keng tarqalgan. Ammo u holda ota-onalar infeksiya bilan zararlanish va jiddiy asoratlar xavfini oshiradilar. Gepatit b virusi, masalan, juda oson yuqadi va bolalarda surunkali jigar kasalliklariga olib keladi (siroz va saraton). Bundan tashqari, yangi tugʻilgan chaqaloqlar onaning antitanachalari yoʻldoshga oʻtishi orqali koʻplab kasalliklarga qarshi immunitet bilan tugʻilmoqdalar. Ular bolani dastlabki oylarida infektsiyalardan himoya qiladi, lekin asta-sekin oʻz kuchini yoʻqotadi va umumiy qabul qilingan emlash taqvimi ushbu omilni hisobga olgan holda tuziladi.
Farzandlaringizni emlashni unutmang va chaqalogʻingizning tugʻilishidan boshlab emlash taqvimiga qat’iy rioya qiling.