Organizmda yod yetishmasligi belgilari
Yod salomatlik uchun zarur boʻlgan mikroelementdir. U miya rivojlanishi, oʻsish, yaralarning bitishi va normal metabolizm uchun zarur boʻlgan qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarilishida muhim rol oʻynaydi.
Qanday belgilar tanada yod yetishmasligini koʻrsatadi?
- Holsizlik, sustlik, charchoq hissi;
- Ortiqcha vazn;
- Soch toʻkilishi;
- Quruq teri;
- Yomon kayfiyat va tushkunlik;
- Doimiy sovuq qotish;
- Pulsning sekinlashishi, aritmiya;
- Oʻqish va xotira muammolari;
- Ogʻriqli yoki tartibsiz hayz koʻrish;
- Zaif immunitet;
- Shishish;
- Ich qotishi;
- Buqoq – qalqonsimon bez hajmining oshishi.
Agar sizda ushbu belgilardan bir nechtasi uchrasa, endokrinologga murojaat qilishingiz zarur. Shifokor klinik va laboratoriya tekshiruvlari asosida tashxis qoʻyib, davo choralarini buyuradi.
Tanadagi yod tanqisligini oldini olish uchun uni oziq-ovqat bilan tez-tez iste’mol qilish kerak.
Qanday ovqatlarda yod elementi mavjud?
- dengiz oʻtlari;
- dengiz baliqlari;
- dengiz mahsulotlari;
- ozroq miqdorda sut, tuxum, kartoshka va boshqalarda.
Har bir oilaning kundalik ratsionida yodlangan tuz boʻlishi shart.
Uzoq muddatli yod tanqisligi yurak-qon tomir, suyak, ovqat hazm qilish tizimlaridagi oʻzgarishlar, semizlik, nevrologik kasalliklar, shuningdek, jismoniy va aqliy rivojlanishdagi ortda qolishliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun yod tanqisligi belgilarini payqaganda, oʻz vaqtida shifokor bilan maslahatlashib, profilaktika bilan shugʻullanishingiz va yodga boy ovqatlar iste'mol qilishingiz kerak.