Vaksinalar haqida qisqacha ma’lumot
Har yili vaksinalar bir qancha millionlab odamlar hayotini saqlab qoladi. Emlash amalga oshirilmagan joylarda bolalar va jamiyat hayoti xavf ostida qoladi.
Vaksina oʻzi nima?
Vaksinalar – jiddiy va ogʻir kasalliklardan himoya qiluvchi inyeksiya yoki tomchilardir.
Dori-darmonlar odamga kasal boʻlganda yordam beradi. Vaksinalar esa kasalliklarni paydo boʻlishini oldini oladi.
Aksariyat hollarda chaqaloqlikdan emlash qoʻllaniladi, chunki yosh bolalar kasalliklarga koʻproq moyil boʻladilar. Shu oʻrinda aytish kerakki, koʻpchilik vaksinalar kasallikdan insonning butun hayoti davomida himoya qilishi mumkin (qizamiq, poliomielit).
Har bir vaksina muayyan bir kasallikdan himoya qiladi, shuning uchun barcha emlashlarni olish muhimdir.
Vaksinalar qanday ishlaydi?
Vaksinalar bolangiz organizmiga kasalliklar chaqiradigan mikroblarni tanishni va eslab qolishni oʻrgatadi. Emlangan bola organizmi xavfli mikrobni uchratib qolganda uni darhol taniydi va shu zahotiyoq unga qarshi kurashadi.
- Vaksinalar immunitet tizimini kasalliklarga qarshi kurashishga tayyorlaydi.
- Vaksinalar xavfsiz va samarali.
- Vaksinalar oʻlimga olib keladigan kasalliklarni oldini oladi.
- Vaksinalar tabiiy infeksiyalarga qaraganda immunitetni yaxshiroq ta’minlaydi.
- Birlashtirilgan vaksinalar xavfsiz va foydali.
Agar emlashni toʻxtatsak, yoʻq boʻlib ketgan kasalliklar yana qaytib keladi (chechak,poliomielit, qoqshol).