Bola yaxshi o‘qishi uchun yaxshi ovqatlanishi kerak

Farzandlari sog‘lom bo‘lishi uchun ota-onalar nimalar qilishi kerak? Ma’lum bo‘lishicha, bitiruvchilarning atigi 3% to‘liq sog‘lom holatida maktabni bitiradi, o‘rta maktabning 70% gacha o‘quvchilari turli xil surunkali kasalliklardan aziyat chekadi. Buning oldini olish uchun ota-onalar bolaning sog‘lig‘ini maktabning birinchi kunlaridanoq diqqat bilan kuzatib borishlari kerak.

Bolani nima bilan va qanday ovqatlantirish kerak?

Bola uchun eng yaxshi variant kuniga to‘rt mahal ovqatlanishdir.

Nonushta. Bolaga sut va don mahsulotlari, sariyog‘, pishloq, tuxum va mevalar tavsiya etiladi.

Tushlik. 3-4 soatlik o‘qishdan so‘ng o‘quvchining o‘qish faoliyati ko‘rsatkichlari pasaya boshlaydi, shuning uchun u sarflangan energiyani qoplashi kerak. Bu vaqtda bola yog‘siz go‘sht yoki pishloq bo‘lagi, qatiq va mevalar iste’mol qilishi mumkin.

Kechki ovqat oshqozon-ichak traktini zo‘riqtirmaslik uchun oson hazm bo‘ladigan taomdan iborat bo‘lishi kerak. Buning uchun baliq, sut mahsulotlari, omlet, sabzavotlar va makaron mahsulotlari yaxshi variantdir. Shuningdek, yotishdan 2 soat oldin ovqatlanmaslik tavsiya etiladi.

Kaloriya iste’molini kuzatib boring. 7-11 yoshli bolalarga kuniga 2300 kkal, 11-14 yoshda 2500 kkal kerak. 14-18 yoshli o‘smirlarning koloriyaga bo‘lgan ehtiyoji 3000 kkaldan oshadi. Ixtisoslashgan maktablarda o‘qiydigan bolalarga yuqoridagidan 10% ko‘proq kaloriya kerak bo‘ladi.

Oqsil, yog‘ va uglevodlar. Bola organizmida yaxshi so‘riladigan oqsillar bu sut va baliq oqsilidir. Shuning uchun, yog‘siz kurka, quyon, mol go‘shti tavsiya etiladi. Shuningdek, murakkab uglevodlar haqida ham unutmaslik kerak. Ular non, yorma, quritilgan meva va asal tarkibida bo‘ladi.

Oldingi