Farzandingizning nega ishtahasi yoʻq?

Hozirda bolalarning ishtahasi pastligi juda keng tarqalgan muammodir.

Asosiysi, ovqatlanishdan bosh tortishga nima sabab boʻlganini aniqlash – shunchaki erkalanish va ovqat tanlashmi yoki organizmdagi jiddiy buzilish tufaylimi.

Bolalarda ishtaha pasayishining asosiy sabablari:

  1. Bola kasal yoki kasallik endi boshlanyapti. Har qanday kasallik va hatto oddiy burun oqishi ham, bolalarda ishtahaning pasayishiga va ta’m bilishning buzilishiga olib kelishi mumkin. Farzandingizni juda koʻp ovqatlantirishingiz shart emas – tuzalgandan soʻng ishtahasi oʻzi tiklanadi.
  2. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari. Kasallik alomatlari qorin ogʻrigʻi, gazlar hosil boʻlishi, ich qotishi yoki diareya kabilar boʻlishi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimi normallashganda, ochlik hissi tabiiyki yana paydo boʻladi.
  3. Uydagi, bogʻchadagi, maktabdagi stress, notoʻgʻri ovqatlanish, notoʻgʻri uyqu rejimi ham ishtahani kamaytiradi.
  4. Mikroelementlar va vitaminlar yetishmasligi. Masalan, temir yoki foliy kislotasi yetishmasligi anemiyani keltirib chiqaradi va natijada ishtaha pasayadi.
  5. Bolada tez oʻsish kuzatilmoqda. Ba’zida bolalar yoshi tufayli ishtahasi oʻzgaradi. Agar u sogʻlom va faol boʻlsa, vazn yoʻqotmasa – oʻzi istaganicha ovqatlansin.
  6. Jismoniy faol emas: agar farzandingiz butun vaqtini va kuchini televizor koʻrishga yoki smartfonda oʻyin oʻynashga sarflasa, uning energiya sarflashiga ehtiyoj yoʻq. Koʻproq harakat qilinsa – koʻproq energiya sarf qilinadi va ishtaha yaxshilanadi.
  7. Tamaddi qilish odati. Koʻpincha ota-onalar bolada ishtaha yoʻqligi haqida qaygʻurishadi, aslida ishtaha bor boʻladi. Faqat bola uni foydali ovqatga emas, balki shirinliklar va ichimliklarga sarflaydi.
  8. Ba'zi ovqatlarni iste'mol qilishni istamaydi. Agar bola gulkaramni iste’mol qilishdan bosh tortsa, bu uning umuman ovqat yeyishni istamasligini anglatmaydi.

Bolaning ishtahasini qanday oshirish mumkinligi haqida keyingi maqolada oʻqing.

Oldingi Keyingi