Bilim qanday baholanadi?

Maktabda yoki oliy ta’limda o‘qishidan qat’i nazar, aksariyat holatlarda o‘smirlar “baho uchun” o‘qiyotgandek harakat qiladi. Aslida bilim baho uchun bo‘lishi kerakmi? Bugungi kunda bola maktabda bilim, ko‘nikma, malaka oshirishi bilan birga uni maktabda va hayotda qo‘llay olishi kerak. Agar maktabda olingan bilimdan hayotda foydalana olinmasa, agar tanqidiy fikrlash o‘rganilmasa, olingan bilimning natijasi samarasiz bo‘ladi.

O‘quvchilarning  o‘zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish orqali baholanadi:

joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;

oraliq nazorat — chorak yakunida va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.

  • Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh ballik ( ( “5”, “4”, “3”, “2”, “1” ) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
  • O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
  • O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.

Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Oldingi Keyingi