Elektron va audio kitoblarni qayerdan olish mumkin?


Siz farzandingiz kitob o‘qishini istaysiz, u esa kompyuter o‘ynashni xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu jarayonga yaqinlashtiring, ya’ni zamonaviy texnologiyalardan foydalaning. Kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron kitoblardan o‘qib bering. Internetda ko‘plab bepul elektron kitoblar topish mumkin. Ularni onlayn o‘qish imkoni mavjud, yoki yuklab olsa ham bo‘ladi. Ba’zi elektron kitoblarning qog‘oz nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video tasvirlar bilan boyitilgan.

Quyida o‘quvchilar uchun foydali kitoblarni topish mumkin bo’lgan manbalardan ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan kitoblar, iqtisod va tahlilga oid jurnal va badiiy adabiyotlar joylashtirilgan kanallarning nomlari ham keltirilgan.

Kitoblarni bepul yuklab olish va o‘qish mumin bo‘lgan saytlar:

  1. ziyouz.com
  2. kitob.uz
  3. ertak.uz

Android uchun ilovalar:

  1. Kitobxon
  2. Kitobim
  3. Hilol eBook
  4. AsaxiyBooks
  5. Uzbook (audiokitob)
  6. Review.uz

Shunday qilib, bugungi kunda o‘zingiz ustingizda ishlash, qiziqarli mavzularni o‘rganish uchun ko‘plab manbalar mavjud. Shuni yodda tutingki, bugungi kunda farzand kamolotiga qo‘shayotgan hissangiz kelajakda bilimli, sog‘lom fikrlaydigan, keng dunyoqarashga ega inson bo‘lib yetishishida o‘z samarasini beradi.

Oldingi Keyingi